Keli shildi
a) kundalik faoliyat rejimida
Download 42.87 Kb.
|
171 НИЗОМ, ЯНГИ...
a) kundalik faoliyat rejimida:
temir yo‘l hududlari va xavf darajasi yuqori bo‘lgan ob’ektlarni atrof tabiiy muhitning holatini va ularga yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilish, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibalarini baholash; ishchi-xizmatchilar va temir yo‘l hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborotni to‘plash, tahlil qilish va almashish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ishchi-xizmatchilar xavfsizligi va muhofazasini ta’minlash, etkazilishi mumkin bo‘lgan zarar va ziyonni qisqartirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar sharoitida temir yo‘l ob’ektlari, hayot ta’minoti tizimlari barqarorligini oshirish bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni rejalashtirish va bajarish; favqulodda vaziyatlarda aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish, ko‘chirilgan aholining vaqtincha yashash joylarida hayot faoliyatini ta’minlash choralarini rejalashtirish hamda tegishli tayyorgarlik tadbirlarini amalga oshirish; ishchi-xizmatchilarni favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish usullariga va harakat qilishga o‘rgatish; xabar berish va ma’lumot (axborot) etkazishning avtomatlashtirilgan tizimi yaratish va shayligini ta’minlash; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish va to‘ldirish; ishchi-xizmatchilar va temir yo‘l hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish; sug‘urtaning maqsadli turlarini amalga oshirish; b) yuqori tayyorgarlik rejimida: favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida mahalliy davlat hokimiyati organlarini, temir yo‘l boshqaruv organlariga va boshqa tashkilotlarga xabar berish hamda temir yo‘l hududiga yondosh aholini xabardor qilish; temir yo‘l hududlarining holati, xavf darajasi yuqori bo‘lgan ob’ektlarni va ularga yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni kuchaytirish, favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi ehtimolini, ularning ko‘lamlari va oqibatlarini prognoz qilish; FVDT Urganch signallashtirish va aloqa masofasi quyi tizimlari va bo‘g‘inlari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, zarurat bo‘lganda vaziyatning yomonlashishi sabablarini aniqlash uchun favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan temir yo‘l hududlarida tezkor guruhlarni tashkiletish, vaziyatni normallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirish, zaruratga ko‘ra ishchi-xizmatchilarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish; Favqulodda vaziyatlar sharoitlarida ishchi-xizmatchilarni va temir yo‘l atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va hayot ta’minoti tizimlari, ob’ektlarning barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish; Doimiy joylashish punktlarida FVDT Urganch signallashtirish va aloqa masofasi rahbarlari tarkibining kecha-kunduz navbatchiligini joriy etish; kuchlar va vositalarni shay holatga keltirish, yuqori tayyorgarlik faoliyat rejimiga o‘tkazish, ularning harakat rejalarini aniqlashtirish hamda zarur bo‘lganda favqulodda vaziyatlar taxmin qilinayotgan hududga yo‘naltirish. Download 42.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling