Keli shildi


Download 42.87 Kb.
bet3/9
Sana12.10.2023
Hajmi42.87 Kb.
#1700200
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
171 НИЗОМ, ЯНГИ...

fuqaro muhofazasi — harbiy harakatlar olib borish paytida yoki
shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O‘zbekiston Respublikasi aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlar davlat tizimi.


2-bob. FVDT Urganch signallashtirish va aloqa masofasining asosiy maqsadi va vazifalari

5. FVDT Urganch signallashtirish va aloqa masofasining asosiy maqsadi vakolatlariga ishchi-xizmatchilar va temir yo‘l hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarini hal qiladigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan tinchlik va alohida davrda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini samarali tashkil etilishi va amalga oshirilishini ta’minlashdan iborat.


6. Quyidagilar FVDT Urganch signallashtirish va aloqa masofasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
tinchlik va alohida davrda ishchi-xizmatchilarni va temir yo‘l hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash;
temir yo‘l hududida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;
jamiyat boshqaruv organlari va favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan kuchlar va vositalarning doimiy tayyorligini ta’minlash;
ishchi-xizmatchilarni va temir yo‘l hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish, almashish, axborot tayyorlash va berish;
ishchi-xizmatchilar va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, qutqaruv tuzilmalari hamda fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash;
temir yo‘l ob’ektlarida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;
favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan ishchi-xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
ishchi-xizmatchilarni va temir yo‘l hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida ishchi-xizmatchilarning, shu jumladan, ularni bartaraf etishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini ta’minlash;
ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan sug‘urta qilishning maqbul tizimini ta’minlash.

Download 42.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling