Keli shildi


c) favqulodda vaziyat rejimida


Download 42.87 Kb.
bet7/9
Sana12.10.2023
Hajmi42.87 Kb.
#1700200
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
171 НИЗОМ, ЯНГИ...

c) favqulodda vaziyat rejimida:
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida mahalliy davlat hokimiyati organlariga va temir yo‘l boshqaruv organlariga xabar berish va temir yo‘l hududga yondosh aholini xabardor qilish;
temir yo‘l ishchi-xizmatchilarni muhofaza qilishni, shu jumladan, temir yo‘l hududiga yondosh aholini, moddiy boyliklarni va boshqa mol-mulkni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilishni tashkil etish;
favqulodda vaziyat zonalari chegaralarini belgilash, o‘rab olish (to‘sib qo‘yish), ushbu hududga kirish-chiqishni tartibga solish;
doimiy tayyorgarlikdagi tuzilmalarni favqulodda vaziyatlar hududiga yo‘naltirish, ushbu tuzilmalar tomonidan favqulodda vaziyatlarni chegaralash va birlamchi sabablarini bartaraf etish;
favqulodda vaziyatlarni bartara fetish;
temir yo‘l ob’ektlarini barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, zarar ko‘rgan ishchi-xizmatchilarning hayot sharoitlarini ta’minlash ishlarini tashkil etish;
favqulodda vaziyatlar hududlaridagi atrof tabiiy muhitning holati, avariya ob’ektlari va ularga yondosh hududlardagi vaziyat bo‘yicha monitoring olib borish;
evakuatsiya qilingan ishchi-xizmatchilarni vaqtinchalik joylashtirish va hayot faoliyatini ta’minlash, tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish;
favqulodda vaziyatlar hududlarida sanitariya-gigiena va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
birinchi navbatda temir yo‘l infra tuzilma ob’ektlarini tiklash;
jabrlanganlarga moddiy yordam ko‘rsatish, jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rilgan zararni qoplash tadbirlarini amalga oshirish.
17. Favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun quyidagi mablag‘lardan foydalaniladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi va davlat zaxirasining moddiy resurslari zaxirasi – O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan;
Moliyaviy va moddiy resurslarning idoraviy zaxirasi – FVDT “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ funksional quyi tizimlari mablag‘lari hisobidan;
ob’ektlarning moliyaviy va moddiy resurslari zaxirasi – FVDT “O‘zbekiston temir yo‘llari ”funksional quyi tizimlarining korxonalar, tashkilotlar va muassasalar o‘z mablag‘lari hisobidan;
xalqaro tashkilotlar va xorijiy donorlarning muruvvat yordami.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari turlari va hajmi ularni tashkil etgan tashkilot tomonidan belgilanadi.
18. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari avariya sodir bo‘lgan ob’ektlar, ularni balansda saqlovchi transport vazirligi va idoralarning, ushbu ob’ektlar joylashgan hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organlarining kuch-vositalari bilan amalga oshiriladi.
19. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun resurslar etarli bo‘lmagan taqdirda ular ob’ekt ma’muriyati, FVDT Urganch signallashtirish va aloqa masofasi funksional va hududiy quyi tizimlari rahbarlarining iltimosnomasiga binoan FVDT “O‘TY” AJ ning zaxiralaridan ajratilishi mumkin.
20. Ishchi-xizmatchilarni va temir yo‘l hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirish, tashkilotlar va ob’ektlarning barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash har bir darajada tegishli byudjetlar, FVDT O‘TY” AJ funksional va hududiy quyi tizimlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlash favqulodda vaziyatlar zonalarida joylashgan ob’ektlarning mablag‘lari hamda FVDT O‘TY” AJ funksional va hududiy quyi tizimlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
21. Ishchi-xizmatchilarni va temir yo‘l hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular yuzaga kelganda ziyon va zararlar miqdorini kamaytirish bo‘yicha oldindan choralar ko‘rish maqsadida Urganch signallashtirish va aloqa masofasi harakat qilish rejalari va o‘zaro hamkorlikda harakat qilish rejalari ishga solinadi.

Download 42.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling