Kelib chiqishi bo’yichа tа guruxgа bo’linаdi
Download 29.48 Kb.
|
ToLDIRUVCHI
Cho‘kindi tog‘ jinslari asosidagi g‘ovak to‘ldiruvchilar olishda asosan karbonat g‘ovak oxaktoshlar, chig‘anoqlar va krenezyom g‘ovak jinslar ishlatiladi.
Ohaktoshlarni maydalashda zichligi 1800 kg/m3 dan kam bo‘lgan va uyilma zichligi 1000 kg/m3 gacha bo‘lgan g‘ovak shag‘al (donalar orasidagi bo‘shliqlik 40-50%) olinadi, bu material QMQ bo‘yicha g‘ovak to‘ldiruvchiga klassifikatsiyasiga mos keladi. Ohaktosh chig‘anoqlar o‘zida cho‘kindi jinslarni kichik chig‘anoq, ohaktosh bo‘laklarining sementlashgan holatidagi yiindisini mujassamlashtiradi. Ular oddiy mayda g‘ovakli ohaktoshlardan yirik g‘ovakli strukturasi bilan farqlanadi. Ohaktosh chig‘anoqlarning zichligi asosan 1000 – 1600 kg/m3 ni tashkil etadi, bunda siqilishdagi mustahkamligi 0,5-10MPa ga tengdir, oddiy g‘ovak ohaktoshlarda esa zichlik 1600-1800 kg/m3 ni tashkil etib, bunda mustahkamlik chegarasi 25MPa gacha bo‘ladi. Bundan tashqari g‘ovak ohaktoshlarni boshqa turlari xam uchraydi, ohaktosh tuf zichligi 1400-1800 kg/m3 bo‘lib, siqilishga mustahkamlik chegarasi 5-15MPa ni tashkil etadi. Maydalangan bunday to‘ldiruvchining donalari mustahkamligi, tog‘ jinslari mustahkamligiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Shu sababli g‘ovak ohaktosh va chig‘anoqlardan sement sarfini oshirmagan holda zichligi 1800-2200 kg/m3 va mustahkamlik chegarasi 5-20 MPa ga teng beton olish mumkin. G‘ovak ohaktosh va chig‘anoq zahiralari asosan O‘zbekistonda, O‘rta Osiyoda, Ukraina, Moldaviya va Ozarbayjonda mavjud. Ulardan asosan massiv tosh materiallar olishda, karerlarda qolgan chiqindilarni maydalab va saralab beton uchun yaroqli to‘ldiruvchilar olinadi. Cho‘kindi kremnezyom jinslardan to‘ldiruvchi sifatida opoka, spongolit, alevrolitni beton ishlab chiqarishda qo‘llash chegaralangan. Ularning katta zahiralari O‘zbekistonda mavjud. Bu jinslar zichligi 800-1400 kg/m3, siqilishda mustahkamlik chegarasi 2,5-15 MPa ni tashkil etadi. Donalari strukturasi donador va mayda g‘ovaklikka ega. G‘ovak to‘ldiruvchilarni boyitish, bu ularning zichligi va mustahkamligi bo‘yicha bir jinsliligini oshirish, donalar shaklini yaxshilash va chang miqdorini kamaytirishdan iborat. Zich jinslardan olinadigan to‘ldiruvchilarni boyitish jarayoni g‘ovak to‘ldiruvchilarga ham taaluqlidir. Biroq yengil g‘ovak to‘ldiruvchilarning spetsifik xususiyatlarini aniqlashda, boshqa boyitish usullaridan foydalaniladi. Masalan, pemzada oid vulqon shishasi(obsidian) donalari mavjud bo‘lib, ularni olib tashlab to‘ldiruvchining sifatini oshirish mumkin. G‘ovak tog‘ jinslari asosidagi chaqiq tosh dona shakli bo‘yicha QMQ ga ko‘ra 4ta guruhga bo‘linadi, yahni plastinkasimon shakldagi donalarning massa ulushi bo‘yicha: oddiy-30% dan ko‘p emas; yaxshilangan – 20% gacha; kub shaklidagi – 15% gacha; qirrali – 10%gacha. G‘ovak chaqiq toshning donalarini shaklini yaxshilash, olinadigan tog‘ jinsini maxsus baraban tipidagi maydalagichda maydalab erishiladi. Download 29.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling