Kelib chiqishi jismoniy xususiyatlari


Angidrit. Angidrit


Download 0.6 Mb.
bet3/3
Sana23.12.2022
Hajmi0.6 Mb.
#1049147
1   2   3
Bog'liq
1-mustaqil ish

Angidrit.



Angidrit – sulfatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi: CaSO4. Rombik singoniyali. Qattiqligi: 3,5–3,8. S. ogʻ. 2,9–3,0. Moʻrt. Rang-siz yoki oq, ba’zan och havo rang, kulrang, qizgʻish, koʻk. Shishasimon yaltiroq. Angidrit choʻkindi jinslar orasida, ayniqsa do-lomitlashgan ohaktoshlar ichida koʻp uchraydi. Tabiatda Angidrit zich massa yoki qatlam-qatlam holda uchraydi; ba’zan gidrotermal yertomirlarda ham boʻladi. Zangori mayda donali Angidrit vulpinit yoki bergam marmari deb ataladi. Angidrit bogʻlovchi modda. Oʻgʻit, sement, bezak buyumlar tay-yorlashda ishlatiladi. Angidrit namlikni shi-mib yana osongina gipega aylanishi va oʻz hajmini 30% gacha kattalashtirishi mum-kin. Konlari: Rossiya, Ukraina (Don-bass, Karpatol-di) va boshqa joylarda bor. A.ning katta zaxiralari Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyatida va Olmaliq atroflarida topilgan.
Diatomit.

Diatomit — boʻsh, sertuproq yoki boʻsh sementlangan kremniyli choʻkindi togʻ jinsi. Asosan diatom suvoʻtlardan tash-kil topgan. Tarkibida har xil miqdorda opal sharchalari (globulalar), terrigen va gil minerallari uchraydi. Rangi oq, och kulrang , sargʻish. Sertuproq yoki sementlashgan massalar holida boʻladi. Diatomit mineral tarkibining 70%dan 98% gacha suvli kremnezem (opal)dan iborat. Diatom suvoʻtlarning skeletlari yaxshi eruvchan boʻlganligi sababli Diatomit osongina trepel va opokaga aylanadi. Diatomit boʻr davridan boshlab hosil boʻla boshlagan. Asosiy qismi kaynozoy erasida dengiz va koʻllarda toʻplangan. Issiqlikni yomon oʻtkazadi, kislotaga chidamli. Kimyo, neft, oziq-ovqat, toʻqimachilik, farmatsevtika sanoatida, shuningdek, issiklik va shovqin oʻtkazmaydigan materiallar tayyorlashda ishlatiladi. Oʻzbekistonda Zarafshon vohasida toʻrtlamchi davr (golotsen) gil va qumtoshlari tagida karbonatlashgan Diatomit qatlamlari uchraydi.
Mergel

Mergel — choʻkindi togʻ jinsi, ohaktosh va dolomitlardan gilli jinslarga oʻtishdagi oraliq holatda. Tarkibida 50 dan 80% gacha SaSO3 va MgCO3, 20 dan 50% gacha gilli material boʻladi. Gilli, ohaktoshli, boʻrsimon va dolomitli qoʻshimchalariga qarab kremnezyomli, glaukonitli, qumli, slyudali, bituminozli, koʻmirli va h.k. Mergellar farq qilinadi. Rangi har xil, koʻpincha, oqish. Tabiatda keng tarqalgan, proterozoydan boshlab barcha sistemalarda uchraydi. Karbonatli va gilli qatlamlarda koʻproqboʻladi. Baʼzi sement turlarini ishlab chiqarishda xom ashyo; qurilish materiali sifatida ham ishlatiladi. Ochiq usulda qazib olinadi.[
Argillit.


Bajardi: U.Sayfiyeva
Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling