«Kelishildi» O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat hududiy filiali bosh vrachi R
Download 22.3 Kb.
|
dermatovenerologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Tasdiqlayman
- SHARTNOMA № ________________ Buxoro shahri
- Shartnoma maqsadi
Buxoro innovatsion tibbiyot instituti talabalariga dermatovenerologiya va kosmetologiya yo`nalishida nazariy hamda amaliy o`quv mashg`ulotlarini o`tash, tashxisot va davolash, ta`lim-tarbiya yo`nalishida hamkorlikda faoliyat yuritish yuzasidan tuzilgan SHARTNOMA № ________________ Buxoro shahri «_____»______________2023 yil O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-maydagi «O`zbekiston Respublikasida tibbiy ta`lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to`g’risida»gi PQ-2956-sonli qarori va O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligining «O`zbekiston Respublikasi tibbiyot oliy ta`lim muassasalarida o`quv jarayonini tashkillashtirish to`g’risida»gi Nizom talablari asosida Buxoro innovatsion tibbiyot instituti rektori, k.f.f.d., (PhD) dotsent Matluba Muxtarovna Amonova bir tomondan va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat hududiy filiali bosh vrachi Xikmatov Rustam Sayfullayevich ikkinchi tomondan shartnoma tuzadilar. Shartnoma maqsadi O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g’risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g’risida»gi PQ-2909-sonli, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-maydagi «O`zbekiston Respublikasida tibbiy ta`lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to`g’risida»gi PQ-2956-sonli, 2017-yil 27-iyuldagi «Oliy ma`lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g’risida»gi PQ-3151-sonli qarorlari xamda O`zbekiston Respublikasi SSVning «O`zbekiston Respublikasi tibbiyot oliy ta`lim muassasalarida o`quv jarayonini takomillashtirish to`g’risida» gi 2017-yil 22-avgustdagi 474-sonli buyrug’i ilovasida keltirilgan nizom talablari ijrosini ta`minlash maqsadida o`quv ta`lim jarayoni va ilmiy izlanishlar olib borish, shuningdek, vrachlarning kasb malakalarini talabalarga o`rgatish hamda Buxoro innovatsion tibbiyot institutida tayyorlanayotgan kadrlarning sifatini yanada oshirish, ularga zamonaviy nazariy hamda amaliy bilimlarni berish va amaliy ko`nikmalarni o`zlashtirish sharoitini talab darajasida yaratib berish hamda yetakchi davolash-profilaktika muassasalarining kadrlar salohiyatidan moddiy-texnika bazasidan foydalanish yo`li bilan imkoniyatlarini kengaytirish. Talabalarni dermatovenerologiya va kosmetologiya yo`nalishilariga to'g`ri yo'naltirish, tibbiy tajribasini oshirish va ular uchun nazariy hamda amaliy bilim, malaka va ko`nikmalarni egallashdan iborat. Eng asosiysi, talabalar olgan nazariy hamda amaliy bilimlar asosida tibbiy xizmat ko'rsatish orqali bilim, ko`nikma va malakalarini shakllantirishadi. Download 22.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling