№
|
Chora-tadbir nomi
|
Ijro muddati
|
Ijro uchun mas’ullar
|
Boshlang‘ich tashkilot faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar.
|
1.
|
Boshlang‘ich tashkilotning guruh koordinatorlari saylovini tashkil etish;
Boshlang‘ich tashkilotning o‘quvchilar turar-joyi va mehnat jamoasidagi koordinatorlar saylovini tashkil etish;
Boshlang‘ich tashkilotning Hisobot-saylov yig‘ilishini tashkil etish; Boshlang‘ich tashkilot Kengashi tarkibini saylash.
|
5-8 sentabr kunlari
|
Yoshlar yetakchisi
|
2.
|
Boshlang‘ich tashkilot Nizomi, Yoshlar ittifoqining yuqori organlari tomonidan tasdiqlangan qarorlar asosida hujjatlar, topshiriqlar bilan ishlash va ularni o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash.
|
Doimiy
|
Yoshlar yetakchisi va yo‘nalish koordinatorlari
|
3.
|
Boshlang‘ich tashkilot Kengashi koordinatorlari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etish hamda tumandagi mavjud professional ta’lim muassasalari yetakchilari faoliyati bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish.
|
Sentabr-yanvar oylari davomida
|
Yoshlar yetakchisi va yo‘nalish koordinatorlari
|
4.
|
Guruh koordinatorlari faoliyati yuzasidan monitoring o‘tkazib, eng namunali guruh kordinatori reytingini tuzish va e’lon qilish
|
Har oyda
|
Yoshlar yetakchisi va yo‘nalish koordinatorlari
|
|