Kelishildi” Tashkilot Kasaba uyushmasi raisi


Download 142.84 Kb.
bet12/23
Sana27.01.2023
Hajmi142.84 Kb.
#1132285
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
ДМТТларга иш тақсимоти ва малака талаблари

Bilishi lozim:

-“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini;
-maktabgacha ta’lim sohasida amaldagi musiqiy ta’limga oid normativ-huquqiy, metodik va boshqa hujjatlarni;

  • bolalar musiqa ta’limi nazariyasi va amaliyoti asoslarini, bolalar musiqa adabiyotini, xoreografiya asoslarini, xor jamoasi bilan ishlashni, sahnalar, madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazish dasturlarini hamda ularning tartibini amaliy jihatdan ishlab chiqishni;

-bolalar shaxsini rivojlantirishning individual xususiyatlari, turli yoshdagi bolalarning musiqaviy idroki, tuyg‘ulari, motorikasi va musiqiy imkoniyatlarini;
-o‘zbek, sharq va xorijiy bastakorlar hayoti va ijodini, musiqa tarixi va madaniyatini, bolalar repertuari asarlarini;
-musiqa asboblarini, shuningdek o‘zbek, sharq, Yevropa mumtoz musiqa san’atini, operani, baletni, vokal-xor ko‘nikmalarini;
-respublikaning turli hududlariga xos bo‘lgan musiqa metodlarini va usullarini, instrumental va ijro yo‘nalishlarini, musiqaviy o‘yinlarni, musiqaviy vazn harakatlarini;
-odob-axloq, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘riqnomasini.
Tanishdim:


Maktabgacha ta’lim tashkiloti xoreografi lavozimining
malaka tavsiflari

Tartib raqami

4304

Kasblarning milliy standart klassifikatori

2653

bo‘yicha kodi




Xodimlar toifasi

Mutaxassis

  1. Lavozim vazifalari:

-“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etishi;
—maktabgacha ta’lim tashkiloti rejasiga muvofiq yosh bolalar uchun musiqa, teatr, badiiy gimnastika, xoreografiya mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha seminarlar va ochiq mashg‘ulotlar o‘tkazishni tashkil eti shi;
—tashkilot tarbiyachilari, bolalar va ularning ota-onalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
—tashkilot ma’muriyati tomonidan belgilangan o‘quv, uslubiy va tashkiliy ishlarda ishtirok etish;
—tarbiyalanuvchilarning o‘zbek milliy raqsi, xalq-sahna raqsi, balet raqsi konsepsiyasini, uning spektakldagi va ijrodagi vazifasi bilan birga o‘zaro aloqada egallash, janr, xarakter, ifodaviy vositalar orqali dastlabki ko‘nikmalarni o‘rgatish;
—tarbiyalanuvchilarning o‘zbek raqsi, xalq-sahna raqsida yakka va jamoa ko‘rinishda rivojlantirishga ko‘maklashish;
—tarbiyalanuvchilarga xoreografik asarlarni (etyud, yakka va ommaviy raqs) sahnalashtirish texnologiyalari va usullarini o‘rgatish;
—milliy va zamonaviy xoreografiya san’atining yo‘nalishlari va uslublarini tadqiq etish;
—maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning xoreografik bilim darajasini umumlashtirish, tahlil qilish va natijasiga ko‘ra chora-tadbirlar, individual va yosh xususiyatlarini, ijodiy qobiliyatlarini hisobga olib, qo‘shimcha mashg‘ulotlar rejasini belgilash;
—ota-onalarga farzandlarining xoreografiyaga moyilligi, qobiliyati, iqtidorini rivojlantirish yuzasidan maslahatlar berish;
—maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etiladigan bayram ertaklari, turli ma’naviy- ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;
—odob-axloq, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.

  1. Bilishi lozim:

—“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini;
—maktabgacha ta’lim sohasida amaldagi xoreografiyaga oid normativ-huquqiy, metodik va boshqa hujjatlarni;
—bolalar xoreografiya ta’limi nazariyasi va amaliyoti asoslarini, bolalar uchun musiqa adabiyotini, klassik raqsi, o‘zbek milliy raqsi, xalq, xalq-sahna raqsi, asoslarini, madaniy- ommaviy tadbirlarni o‘tkazish dasturlarini hamda ularning tartibini amaliy jihatdan ishlab chiqishni;
-xoreografiya sohasiga oid o‘quv-uslubiy adabiyotlar hamda axborot manbalaridan foydalanishni;
-bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda mushak og‘irligini, raqsning chiroyli usuli va tana ko‘rinishini yaratgan holda gavdaning jismoniy harakatlarni taqsimlanishini bilishi va ulardan foydalana olishi; 3-5 yoshdagi bolalar uchun ritmik mashg‘ulotlarni tashkil etish;
-raqs san’atining o‘ziga xos xususiyatlarini, o‘zbek va jahon xoreografiya san’ati tarixi an’analarini, respublikaning turli hududlariga xos bo‘lgan raqs ijro uslublarini, musiqa va ijro yo‘nalishlarini, hududlarga mos ertaklar va folklor o‘yinlarini;
-o‘zining ish faoliyatida olgan bilimlari asosida ijodiy-tashkiliy faoliyatga ega bo‘lishi bilan birga bolalar xoreografiya jamoalarida ijodiy jarayonini tashkil etishni;
-xoreografiya terminologiyasini tushunish, bilish va mashg‘ulotlar jarayonida bolalar xoreografik jamoa qatnashchilari bilan ijodiy aloqani o‘rnatish.
-bolalar yoshini, hisobga olgan holda kichik konsert dasturlarini yaratish va sahnalashtirishi, bolalar yoshiga xos oddiy xoreografik yakka, ommaviy kompozitsiyalarni yaratish va sahnalashtirish qobiliyatlariga ega bo‘lishi;
—zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib, bolalar uchun qiziqarli, nostandart o‘quv mashg‘ulotlarini ishlab chiqish va o‘tkazishi;
-mustaqil ijodiy izlanishlar natijasida pedagogik faoliyat sohasidagi usullar, uslublar, vositalar va shakllar borasida o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borish;

Download 142.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling