Kelishildi” Tashkilot Kasaba uyushmasi raisi
Download 142.84 Kb.
|
ДМТТларга иш тақсимоти ва малака талаблари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tanishdim: Maktabgacha ta’lim tashkiloti xoreografi lavozimining
- Lavozim vazifalari
- Bilishi lozim
Bilishi lozim:
-“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini; -maktabgacha ta’lim sohasida amaldagi musiqiy ta’limga oid normativ-huquqiy, metodik va boshqa hujjatlarni; bolalar musiqa ta’limi nazariyasi va amaliyoti asoslarini, bolalar musiqa adabiyotini, xoreografiya asoslarini, xor jamoasi bilan ishlashni, sahnalar, madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazish dasturlarini hamda ularning tartibini amaliy jihatdan ishlab chiqishni; -bolalar shaxsini rivojlantirishning individual xususiyatlari, turli yoshdagi bolalarning musiqaviy idroki, tuyg‘ulari, motorikasi va musiqiy imkoniyatlarini; -o‘zbek, sharq va xorijiy bastakorlar hayoti va ijodini, musiqa tarixi va madaniyatini, bolalar repertuari asarlarini; -musiqa asboblarini, shuningdek o‘zbek, sharq, Yevropa mumtoz musiqa san’atini, operani, baletni, vokal-xor ko‘nikmalarini; -respublikaning turli hududlariga xos bo‘lgan musiqa metodlarini va usullarini, instrumental va ijro yo‘nalishlarini, musiqaviy o‘yinlarni, musiqaviy vazn harakatlarini; -odob-axloq, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘riqnomasini. Tanishdim: Maktabgacha ta’lim tashkiloti xoreografi lavozimining malaka tavsiflari
Lavozim vazifalari: -“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etishi; —maktabgacha ta’lim tashkiloti rejasiga muvofiq yosh bolalar uchun musiqa, teatr, badiiy gimnastika, xoreografiya mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha seminarlar va ochiq mashg‘ulotlar o‘tkazishni tashkil eti shi; —tashkilot tarbiyachilari, bolalar va ularning ota-onalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; —tashkilot ma’muriyati tomonidan belgilangan o‘quv, uslubiy va tashkiliy ishlarda ishtirok etish; —tarbiyalanuvchilarning o‘zbek milliy raqsi, xalq-sahna raqsi, balet raqsi konsepsiyasini, uning spektakldagi va ijrodagi vazifasi bilan birga o‘zaro aloqada egallash, janr, xarakter, ifodaviy vositalar orqali dastlabki ko‘nikmalarni o‘rgatish; —tarbiyalanuvchilarning o‘zbek raqsi, xalq-sahna raqsida yakka va jamoa ko‘rinishda rivojlantirishga ko‘maklashish; —tarbiyalanuvchilarga xoreografik asarlarni (etyud, yakka va ommaviy raqs) sahnalashtirish texnologiyalari va usullarini o‘rgatish; —milliy va zamonaviy xoreografiya san’atining yo‘nalishlari va uslublarini tadqiq etish; —maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning xoreografik bilim darajasini umumlashtirish, tahlil qilish va natijasiga ko‘ra chora-tadbirlar, individual va yosh xususiyatlarini, ijodiy qobiliyatlarini hisobga olib, qo‘shimcha mashg‘ulotlar rejasini belgilash; —ota-onalarga farzandlarining xoreografiyaga moyilligi, qobiliyati, iqtidorini rivojlantirish yuzasidan maslahatlar berish; —maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etiladigan bayram ertaklari, turli ma’naviy- ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish; —odob-axloq, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish. Bilishi lozim: —“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini; —maktabgacha ta’lim sohasida amaldagi xoreografiyaga oid normativ-huquqiy, metodik va boshqa hujjatlarni; —bolalar xoreografiya ta’limi nazariyasi va amaliyoti asoslarini, bolalar uchun musiqa adabiyotini, klassik raqsi, o‘zbek milliy raqsi, xalq, xalq-sahna raqsi, asoslarini, madaniy- ommaviy tadbirlarni o‘tkazish dasturlarini hamda ularning tartibini amaliy jihatdan ishlab chiqishni; -xoreografiya sohasiga oid o‘quv-uslubiy adabiyotlar hamda axborot manbalaridan foydalanishni; -bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda mushak og‘irligini, raqsning chiroyli usuli va tana ko‘rinishini yaratgan holda gavdaning jismoniy harakatlarni taqsimlanishini bilishi va ulardan foydalana olishi; 3-5 yoshdagi bolalar uchun ritmik mashg‘ulotlarni tashkil etish; -raqs san’atining o‘ziga xos xususiyatlarini, o‘zbek va jahon xoreografiya san’ati tarixi an’analarini, respublikaning turli hududlariga xos bo‘lgan raqs ijro uslublarini, musiqa va ijro yo‘nalishlarini, hududlarga mos ertaklar va folklor o‘yinlarini; -o‘zining ish faoliyatida olgan bilimlari asosida ijodiy-tashkiliy faoliyatga ega bo‘lishi bilan birga bolalar xoreografiya jamoalarida ijodiy jarayonini tashkil etishni; -xoreografiya terminologiyasini tushunish, bilish va mashg‘ulotlar jarayonida bolalar xoreografik jamoa qatnashchilari bilan ijodiy aloqani o‘rnatish. -bolalar yoshini, hisobga olgan holda kichik konsert dasturlarini yaratish va sahnalashtirishi, bolalar yoshiga xos oddiy xoreografik yakka, ommaviy kompozitsiyalarni yaratish va sahnalashtirish qobiliyatlariga ega bo‘lishi; —zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib, bolalar uchun qiziqarli, nostandart o‘quv mashg‘ulotlarini ishlab chiqish va o‘tkazishi; -mustaqil ijodiy izlanishlar natijasida pedagogik faoliyat sohasidagi usullar, uslublar, vositalar va shakllar borasida o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borish; Download 142.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling