Tanishdim:
Maktabgacha ta’lim tashkiloti kir yuvuvchi lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami
|
11867
|
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi
|
9121
|
Xodimlar toifasi
|
Ishlab chiqarish xodimi
|
Lavozim vazifalari:
-maktabgacha ta’lim tashkilotidagi hamma yumshoq inventarlarni yuvadi
va dazmollaydi. Ayrim narsalarni qaynatadi;
—kir yuvishda xloramin, kir yuvish kukuni, sovun va kraxmaldan foydalanadi;
-jadvalga asosan toza narsalarni beradi, kirini olib yuvadi hamda alohida daftar tutadi (qancha kir oldi, qancha tozasini berdi), sanalarini belgilab boradi;
-kir yuvish xonasini tozaligini saqlaydi;
-yong‘indan saqlanish qoidasiga rioya qiladi. Kir yuvish mashinasini yoqib qoldirmaydi, ish faoliyatida sanitariya-gigiena qoidalari talablariga qat’iy rioya qilishi shart.
Bilishi lozim:
-maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya-gigiena talablarini;
-sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
Tanishdim:
Do'stlaringiz bilan baham: |