Tanishdim:
Maktabgacha ta’lim tashkiloti hovli supuruvchi lavozimining malaka tavsiflari
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi
|
9613
|
Xodimlar toifasi
|
Texnik xodim
|
Lavozim vazifalari:
-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida hovli-joylarni doimo toza turishiga javobgar. qishda qorlarni kurash, tozalash;
-tarbiyalanuvchilarga o‘yin o‘ynashlari uchun ajratilgan joylarni, ayvonlarni supurib, tozalash;
-turli chiqindilarni tashlaydigan joyni tozalash;
-xo‘jalik uchun kerak bo‘ladigan jihozlarni yaxshi saqlanishiga qarash;
-tashkilot xodimlari va tarbiyalanuvchilar salomatligiga zarar beradigan
narsa(buyum)larni tezda tozalab olishi;
-Sanitariya-gigiena qoidalari talablariga qat’iy rioya qilishi shart, tuman (shahar) Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi (SEOM) talabiga javob berishi;.
Bilishi lozim:
-maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya-gigiena talablarini;
-sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
Tanishdim:
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xizmat xonalari farroshi lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami
|
11864
|
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi
|
9112
|
Xodimlar toifasi
|
Texnik xodim
|
Lavozim vazifalari:
-maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘ziga biriktirilgan xonalarni yaxshilab tozalaydi, bir kunda ikki marta polni yuvadi, xonadagi changlarni muntazam ravishda artadi, deraza oynalarini doimo toza tutishi kerak;
-bir yilda ikki marta pardalarni yuvadi, oyda bir marta eshik va devorlarni yuvadi, gilamlarni tozalaydi.
-har kuni hojatxonadagi sochiqlarni o‘zgartiradi, qog‘ozlar bor yo‘qligiga e’tibor qaratib, qog‘oz qo‘yib boradi, unitazlarni tozalaydi, xloramin bilan yuvadi, axlatlarni maxsus joyga tashlaydi;
-gullarni parvarishlab artib tozalaydi va suv qo‘yadi;
-sanitariya-gigiena qoidalari talablariga qat’iy rioya qilishi shart, tuman (shahar) Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi (SEOM) talabiga javob berishi kerak.
Bilishi lozim:
-maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya-gigiena talablarini;
-sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
Do'stlaringiz bilan baham: |