Tanishdim:
Maktabgacha ta’lim tashkiloti qorovuli lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami
|
6006
|
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi
|
5414
|
Xodimlar toifasi
|
Texnik xodim
|
Lavozim vazifalari:
-maktabgacha ta’lim tashkilotida binoni qo‘riqlash ishini tashkil etadi;
-qorovul o‘zini ish kunida ma’muriyatdan bino va hovli joy eshikni qulfi, kalitlar, yong‘indan saqlash asboblari, deraza eshiklari butunligi, telefon, signalizatsiya chiroqlarini tekshirib oladi va qo‘l qo‘yadi. Agar yuqoridagi holatlarda kamchilik bo‘lsa tashkilot direktori (ma’muriyat)ga darhol yetkazadi yoki militsiyaga xabar beradi;
-tashkilot hududida yong‘in chiqsa, darrov tegishli tashkilotga xabar beradi, birinchi yordamni berib turadi;
-kecha-yu kunduz hovli va binoni aylanib yuradi, chiroqlarga e’tibor beradi. Begona odamlarni tashkilot hududiga kiritmaydi;
-ertalab oshpaz(oshxona ishchi)larga eshikni ochadi, tashkilot hovlisidagi chiroqlarni o‘chiradi, tashkilotni o‘zidan keyingi qorovulga topshirib ketadi.
Bilishi lozim:
-maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya-gigiena talablarini;
-sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
Do'stlaringiz bilan baham: |