Tanishdim:
Maktabgacha ta’lim tashkiloti oshxona ishchisi lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami
|
12097
|
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi
|
9412
|
Xodimlar toifasi
|
Ishlab chiqarish xodimi
|
Lavozim vazifalari:
-maktabgacha ta’lim tashkiloti oshxonasida bosh oshpaz boshchiligida ishni tashkil
etadi.
-tarbiyalanuvchilarning yoshiga muvofiq tarzda taomlarni porsiyalarga bo‘ladi va tarqatadi;
-oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan tartibda saqlanishi va taomnoma asosida to‘g‘ri sarflanishini ta’minlaydi;
-taomlarni tayyorlashda mahsulotlarga dastlabki va issiqlik ishlov berishni amalga oshiradi;
-issiqlik ishlov beruvchi, vazn o‘lchovchi, muzlatgich va boshqa jihozlardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qiladi;
-har uch yilda bir marta sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha malaka oshiradi.
Bilishi lozim:
-O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigienik talablar” sanqvan № 0016-21-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 26 iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 30) asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya- gigiena talablarini;
-maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya-gigiena talablarini;
-oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo‘yicha sanitariya-gigienik talablarni;
-sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘riqnomasini.
Do'stlaringiz bilan baham: |