Kelishildi” Tashkilot Kasaba uyushmasi raisi


Download 142.84 Kb.
bet7/23
Sana27.01.2023
Hajmi142.84 Kb.
#1132285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
ДМТТларга иш тақсимоти ва малака талаблари

Bilishi lozim:

-maktabgacha ta’limga oid normativ - huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyatini va ularni amaliyotga tatbiq etishni;
-bolalar, umumiy va maxsus pedagogika va psixologiyasini;
-defektologiya asoslarini;
-ta’limni rivojlantirish istiqbollarini;
-bolaning ta’lim olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirilishini ta’minlash;
-bolalarni o‘qitish va tarbiyalash, jamiyatga moslashtirish, shuningdek, rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiyalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
-bolalarning yosh va o‘ziga xos imkoniyatlariga, qobiliyatlari va ehtiyojlariga muvofiq ularning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamol topishini ta’minlash;
-bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash;
-nogironligi bo‘lgan bolalarga, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga, shuningdek bunday bolalar tarbiyalanayotgan oilalarga malakali ijtimoiy-maishiy, ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-pedagogik, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, jamiyatdagi, oiladagi hayotga, o‘qishga va mehnat qilishga imkon qadar to‘liq hamda o‘z vaqtida moslashishiga ko‘maklashish.
-tibbiy abilitatsiya va reabilitatsiya o‘tkazish, bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni kompensatsiya va korreksiya qilish;
-bolalarga sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkonini beradigan shart-sharoitlar yaratish;
-bolalarning ijtimoiy moslashuvchanligini hamda ta’lim va tarbiya olishni davom ettirishga tayyorligini ta’minlash;
-bolalarni umumta’lim muassasalarida o‘qishga tayyorlash;
-o‘quv jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish. -bolalarning yoshiga xos anatomik, fiziologik asoslarni;
-kasbiy va amaliy faoliyat bo‘yicha me’yoriy-uslubiy hujjatlarni;
-defektologiya fanining eng yangi yutuqlarini;
-odob-axloq, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘riqnomasini.
-attestatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarorlari asosidaattestatsiya o‘tkazish tartibi va mezonlarini;

Download 142.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling