"kelishildi" Toshkent viloyati, Parkent tumani


TASHKILOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH


Download 29.44 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi29.44 Kb.
#1580556
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
оилавий устав(1)

3. TASHKILOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
3.1. Tashkilot tuman (shahar) hokimliklari tomonidan beriladigan belgilangan shakldagi ruxsatnomani qabul qilib olgan vaqtdan boshlab ta'lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo'ladi.
3.2. Tashkilotda o'quv yili joriy yilning 2 sentyabridan boshlanadi va keyingi yilning 1 iyuniga qadar davom etadi. 1 iyundan 1 sentyabrgacha bo'lgan davr tashkilotda sog'lomlashtirish davri hisoblanadi.
3.3. Tashkilotning ish tartibi va bolalarning tashkilotda bo'lish vaqti ota-onalarning istak va talablaridan kelib chiqib muassis tomonidan belgilanadi.
3.4. Tashkilotda 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, qo'yidagi kunlik ish tartibi joriy etiladi:
10.5 soatli;
3.5. Tashkilot joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
3.6. Tashkilotda bolalarning ovqatlanishi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari asosida amalga oshiriladi.
3.7. Tashkilot tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam ko'rsatish tuman sog'liqni saqlash birlashmasi bilan tuzilgan shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
3.8.Tibbiyot xodimi tashkilot xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog'lig'i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o'tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradi.
3.9. Tashkilotda ovqatlantirishni tashkil etish rahbar tomonidan amalga oshiriladi.
3.10. Tashkilot bolalarning yoshiga va muassasada bo'lish vaqtiga mos bo'lib. SanQVAM talablari bo'yicha tasdiqlangan me'yorlarga muvofiq kafolatli balanslangan ovqatlanishni ta'minlaydi.
3.11.Tashkilotda ovqatlanish o'n kunlik (bir oylik) namunaviy tuzilgan taomnoma asosida tashkil etiladi.
3.12. Tashkilotda taomning sifati (turliligi), vitaminga boyligi, mahsulotlarning qozonga tushishi, kulinar ishlovi, tayyor taom chiqishi, mazasining sifati, oshxonaning sanitar holati, mahsulotlarning to'g'ri saqlanishi va ishlatish muddatlarini kuzatish muassasa tibbiy xodimlari zimmasiga yuklatiladi.


Download 29.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling