2.TASHKILOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI
2.1. Tashkilotning maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o'rinlarda bolalar deb ataladi) har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
ta'lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlash;
bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish.
2.2. Tashkilotning vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog'lig'ini mustahkamlash;
bola shaxsini sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;
bolaning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta'minlash;
bolalarda xalqimizning yuksak ma'naviyati va insonparvarlik an'analariga sadoqat tuyg'ularini shakllantirish.
2.3.Tashkilot:
ota-onalar bilan kelishuv bo'yicha qo'shimcha xizmatlar ko'rsatish (shu jumladan o'qituvchilar, murabbiylar, tibbiyot xodimlarini taklif qilish);
xizmatlar ko'rsatishdan tushgan mablag'lar hisobiga tarbiyachi va uning yordamchisi ishini qo'shimcha ravishda rag'batlantirish;
foyda olish;
o'z (mualliflik) dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
2.4. Tashkilot majburiyatlari:
Tashkilotning kirish joyida peshlavha o'rnatish va peshlavhada;
Tashkilot haqidagi ma'lumotlarni;
ruxsatnoma nusxasi;
davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi bitim nusxasi;
pedagog va tibbiyot xodimlarning diplomlari nusxalari;
ish tartibi va boshqa hujjatlarning nusxalari joylashtirishi;
uyda bolalarning sog'lom o'sishi va tarbiya olishlari uchun zarur shart-sharoitlar bo'lishi;
bino va inshootlar yong'in xavfsizligi hamda sanitariya-epidemiologiya nazoratining sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga mos bo'lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |