«kelishildi» tuman psixologi 2022 y. «Tasdiqlayman»


Psixologik maslahatga doir hujjatlar


Download 236.5 Kb.
bet7/11
Sana17.06.2023
Hajmi236.5 Kb.
#1538304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Psixolog ish reja2022

Psixologik maslahatga doir hujjatlar.

1. Psixologik maslahat daftari:


- o‘quvchilar bilan olib boriladigan individual suhbat;
- o‘qituvchilar bilan olib boriladigan individual suhbat;
- ota- onalar bilan olib boriladigan individual suhbat;
- rahbar xodimlar uchun individual suhbat.


Kasb-hunarga yo‘naltirishga doir hujjatlar.

1. Tashxis xaritalari.


2. Kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar.
3. Kasb-hunarga yo‘naltiruvchi trening dasturlari.
4. Kasb-hunarga yo‘naltirish komissiyasining bayonnomalari.
5. Tavsiyanomalar berilishini qayd qilish jurnali.


Maktab amaliyotchi psixologining amalga oshirishi lozim bo‘lgan ishlari yuzasidan tavsiyalar

Maktab amaliyotchi psixologi psixologik xizmat samaradorligini oshirish maqsadida psixologik xizmat yo‘nalishlari bo‘yicha tuman, shahar, viloyat miqyosida seminarlar, tadbirlar va davra suhbatlarini tashkil etadi. Umumta’lim maktablarining 1-sinflariga qabul qilingan 6-7 yoshli bolalarning maktab sharoitiga va 5-sinf o‘quvchilarining fan o‘qituvchilariga moslashuvlarini o‘rganadi, 8-9 sinf o‘quvchilarining qiziqish, qobiliyatlarini psixologik tashxis metodikalari yordamida aniqlaydi hamda kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha o‘quvchi, o‘qituvchi va ota-onalarga maslahat,tavsiyalar beradi.


Ota-onalar yig‘ilishlarida bugungi kun dolzarb muammolaridan kelib chiqib ma’ruzalar bilan ishtirok etadi, shuningdek, o‘qituvchilar bilan “O‘quv yili davomida Sizni qiziqtirgan qanday mavzular bo‘yicha maslahat olishni istardingiz?” mavzusi asosida savolnoma o‘tkazishi va shu bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish maqsadga muvofiqdir.
O‘qituvchilarning psixologik savodxonligini oshirish uchun bolalar va pedagogika-psixologiya fanining eng yangi yutuqlarini maktabning amaliy faoliyatiga uzluksiz tadbiq etib borishi, maktab jamoasiga o‘quv-tarbiya ishida samarali usul va yo‘llarni belgilashda yordam berishi lozim. Har o‘quv yilida o‘tkaziladigan “O‘qituvchilarning an’anaviy avgust Kengashlarida” o‘z ish tajribasidan kelib chiqqan holda, takliflar tayyorlashi, ma’ruzalar bilan ishtirok etishi lozim. Dars jadvalini tuzishda ishtirok etishi (o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va aqliy ishchanlik qobiliyati,fanlarning murakkablik darajalarini hisobga olish bo‘yicha), maslahat va tavsiyalar berishi lozim.
Psixologik xizmat yo‘nalishlari bo‘yicha alohida papkalar tashkil etilib, o‘quvchini o‘rganish jarayonida foydalanilgan barcha materiallar, ma’lumotlar, ilova qilinib papkalarga tikib boriladi. SHuningdek, yuqori tashkilotlardan kelgan me’yoriy hujjatlar ijrosini ta’minlaydi.
O‘quv yili boshida (2-3 sentyabr kunlari) maktab direktori psixologni pedagogika jamoasiga tanishtirishi va psixolog o‘z ish faoliyati to‘g‘risida gapirishi uchun 5-10 minut vaqt ajratishi kerak. Ta’lim muassasasi yillik ish rejasi va pedagogika kengashi ish rejasiga psixologik xizmat yo‘nalishi bo‘yicha masalalar kiritilishi lozim.
Psixolog umumta’lim maktab direktori bilan kelishgan holda, har oyning oxirida pedagoglarning psixologik savodxonligini oshirish uchun bir kunlik psixologik o‘quv kunlarini tashkil etishi kerak. O‘quv kunlarining to‘liq ssenariysini psixolog tuzishi va uni maktab radiosi orqali yoki maktabda radio bo‘lmagan taqdirda, magnitafon tasmasiga yozib olib uni o‘qituvchilar xonasiga qo‘yib eshittirishi kerak.
Psixolog doimiy ravishda o‘qituvchi va o‘quvchilarning psixologik savodxonligini oshiruvchi yangiliklar, maslahat va tavsiyalarni aks ettiruvchi devoriy gazeta tashkil qilishi maqsadga muvofiqdir. O‘quv kunlarida esa, devoriy gazeta yangilanishi, fan o‘qituvchilari darslarining psixologik tahlillari yoritib borishi kerak.
SHuningdek, ta’lim muassasalarida psixologik xizmat guruhini tashkil etish mumkin. Bu guruh a’zolari psixologiyaga qiziqadigan fan o‘qituvchilaridan iborat bo‘ladi. Amaliyotchi psixolog guruh a’zolari bilan oyida 1-2 marta to‘planib, doimiy harakatdagi o‘qish, davra suhbatlari, psixologik treninglar hamda turli mavzu yo‘nalishlari (“Tarbiyasi qiyin bo‘lishlikning psixologik asoslari”, “Fanlarni bo‘sh o‘zlashtirishning sabablari nimada?” va h.zo) bo‘yicha bahs-munozaralar tashkil etiladi.
Psixologik profilaktika va psixologik targ‘ibot(tashviqot)ga doir ishlar:

Download 236.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling