Kelishilgan


Guruhlarda rahbarlik va liderlik


Download 1.73 Mb.
bet169/206
Sana25.09.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1687913
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   206
Bog'liq
3-kurs Matem Majmua

2. Guruhlarda rahbarlik va liderlik
Psixologik adabiyotlarda «rahbar», «lider» – «yetakchi», «boshliq» kabi atamalar deyarli sinonim sifatida ishlatiladi. Aslida psixologik nuqtai nazardan, bu tushunchalarda muayyan farqlar va umumiylik bor. Umumiylik shundaki, har biri kimningdir kimlar ustidan hukmronligini, ustun sifatlarga ega ekanligini ifodalaydi. Farqi shuki, «lider» – «yetakchi» shaxsning guruhga munosabatini ifodalab, uning a’zolariga ta’sir o‘tkazuvchi va maqsadga yetaklovchiga nisbatan ishlatiladi. Yetakchilik guruh tarkibini, undagi munosabatlar tizimini tahlil etish orqali aniqlanadigan shaxslar holatidir.
Lekin liderga xos bo‘lgan fazilatni ifodalovchi yana qator jihatlar borki, ularni munosabatlar tizimi doirasidagina tahlil etolmaymiz. Bunday talqinda liderga xos bo‘lgan asosiy jihatlardan yana biri – shaxsning vaziyatga muvofiq ravishda harakat qilish qobiliyatini hisobga olish zarurati tug‘iladi. Biron-bir muammoli vaziyatda paydo bo‘lgan qiyinchilikni bartaraf etishdagi tashabbus, topqirlik, mohirlik liderga xos fazilatlardir. Muammoni yechish bilan bog‘liq qiyin vaziyatda lider boshqalarga nisbatan o‘zining ilg‘orligi, peshqadamligi bilan ajralib turadi.
«Rahbar» esa ko‘proq shaxsning u boshchilik qilayotgan jamoadagi faoliyatga aloqadorligini, uning rasmiy mavqeini bildiradi. Shuning uchun ham har doim ham lider bilan rahbar bir shaxs bo‘la olmaydi. Rahbarlar bir-birlaridan nimasi bilan farq qiladi, degan savol o‘rinli. Ular asosan odamlar bilan ishlash, ularga ta’sir ko‘rsatish va ishni tashkil etish mahoratiga ko‘ra farqlanadilar. Shunga bog‘liq ravishda fanda boshqaruvning bir necha uslublarini farqlab, o‘rganishadi.
«Lider» va «rahbar» tushunchalari o‘rtasidagi farqlar haqida B.D.Parigin shunday yozadi:

  • lider asosan guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar – shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi;

  • liderlik kichik guruhlargagina xos bo‘lgan hodisa bo‘lsa, rahbarlikning haq-huquqlari katta guruhlar doirasida ham sodir bo‘lishi, amalga oshirilishi mumkin;

  • agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo‘lsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqilgan normalar, tartiblar asosida saylovlar oqibatida sodir bo‘ladigan hodisadir;

  • liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik hodisa bo‘lib, guruh a’zolarining kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yo‘nalishiga qarab, uzoqroq muddatda yoki qisqa muddatda ro‘y beradi;

  • rahbarning liderdan farqi yana shundaki, u liderda yo‘q bo‘lgan jazolash va rag‘batlantirish tizimiga ega bo‘lib, shu asosda o‘z xodimlariga ta’sirini o‘tkazishi mumkin;

  • lider guruhda u yoki bu qarorlar, ko‘rsatmalar, tashabbuslarni o‘z ixtiyoricha, bevosita chiqarishi mumkin, rahbarda esa bu yo‘nalishda ko‘plab rasmiy ko‘rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar mavjudki, ular doirasidan chiqib ketishi qiyin;

  • liderning faoliyati faqat kichik guruhlar doirasida amalga oshirilsa, rahbar shu guruhdagi, kengroq sotsial doiradagi, jamiyatdagi vakili bo‘lganligi uchun, uning vakolatlari ham keng, faoliyat imkoniyatlari ham ortiqdir.

Liderlikni tushuntirishga harakat qilgan bir qancha nazariyalar mavjud bo‘lib, ularga xarizmatik nazariya, vaziyatga bog‘liqlik nazariyasi, sintetik nazariyalari kiradi. Quyida ularning qisqacha mazmuni bilan tanishib chiqamiz.
Birinchisi “'liderlik sifatlari nazariyasi”dir yoki xarizmatik nazariya. Uning mohiyati shuki, hamma ham lider bo‘la olmaydi, ayrim shaxslarda shunday sifatlar yig‘indisi tug‘ma mavjud bo‘lib, ular uning guruhda lider bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan, 1940 yilda amerikalik K.Berd 79 sifatdan iborat bo‘lgan liderlik qirralari ro‘yxatini tuzdi. Bu ro‘yxatda jumladan tashabbuskorlik, muloqotga kirisha olish, yumor hissi, o‘ziga ishonch, tez va aniq qarorlar qabul qila olish, tashkilotchilik kabi sifatlar bor edi. Lekin bu nazariyaning xatoligi shunda ediki, birinchidan, u yuqoridagi sifatlar qanday qilib namoyon bo‘ladi-yu, qanday shakllanishini tushuntirib bera olmadi, ikkinchidan, so‘roqlar mobaynida birorta sifat ham mutlaq ko‘p marta qayd etilmadi.
Ikkinchi nazariya liderlikning vaziyatga bog‘liqligi nazariyasidir. Bu yerdagi asosiy g‘oya – lider vaziyatning mahsuli degan g‘oyadir. Har bir odamda liderlik sifatlari bor, lekin ayrim vaziyatlar ayrim shaxslarning o‘zlarini ko‘rsatishlari, lider bo‘lishlari uchun qulay hisoblanadi.
Yuqoridagi ikki nazariyani tanqid qilish natijasida paydo bo‘lgan uchinchi nazariya liderlikning sintetik nazariyasidir. Bu nazariya liderni guruhiy munosabatlarning bevosita mahsuli deb qaraydi, liderning ro‘yobga chiqishida guruhning birlamchi rolini ilgari suradi.
Psixolog A.N.Leontyevning faoliyat konsepsiyasiga tayangan holda, liderlikni faoliyat mahsuli, guruhning ushbu faoliyatga munosabati va guruhda qabul qilingan normalar va sotsial kutishlarga kim ko‘proq javob berishiga qarab liderni aniqlash mumkin. Ijtimoiy kutishlar nazariyasi hozirda ko‘pchilik tomonidan ma’qul yondashishlardan biri deb qabul qilinmoqda.



Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling