Kelishilgan


Download 1.73 Mb.
bet179/206
Sana25.09.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1687913
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   206
Bog'liq
3-kurs Matem Majmua

Tayanch tushunchalar
Ong - ob'ektiv borliqni psixik aks etgirishning faqat insongagina xos yuqori usuli. Odamlarning ijtimoiy tarixiy faoliyati vositasida paydo bo’lgan.
Ongsizlik - odam ongiga borib yetmagan psixik jarayonlar majmui.
Ong osti holatlari - aktual ravishda anglab olinmaydigan psixik jarayonlar va psixik holatlar yig’indisi. Odamning xatti -harakatlari va uning ongi mazmuniga ta'sir etishga qodir.
Psixika (yunon. psychikos - ruhiy) - yuksak darajada tashkil topgan materiya - miyaning funksiyasi. Uning mohiyati tuyg’ular, idrok, tasavvur, fikrlar, iroda va boshqalar ko’rinishida aks etirishdan iborat.
Psixik jarayonlar - u yoki bu psixik mahsulot va natijalarni (psixik obrazlar,holatlar, tushunchalar, hissiyot va x.k.) hosil qiluvchi, shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi jarayon.
Instinkt - (lot. instinctus uyg’onish) - murakkab shartsiz refleks, u hulq - atvorning tug’ma yig’indisi, tashqi yoki ichki ta'sirotlarga javoban hosil bo’ladi.
Ontogenez (yunon. on, ontos - asl, tub, genesis – tug’ilish, paydo bo’lish) - organizmning individual rivojlanishi. Tirik mavjudotning paydo bo’lgan davridan to oxirigacha bo’lgan davrdagi o’zgarishlar majmui.
Seskanuvchanlik - tirik organizmlarning ta'sirlarga biologik ahamiyata ega javob qaytarish qobiliyati.
Filogenez (yunon.. phyle - qabila, urug’, genesis - paydo bo’lish) - muayyan tirik mavjudot turining yerda hayot boshlanganidan keyingi evolyusion taraqqiyot jarayoni.
Qo’zg’atuvchanlik, qo’zg’aluvchanlik - tashqi qo’zg’ovchi omillar ta'sirida fiziologik holatlarin o’zgartirib yuborish qobiliyati. Barcha tirik mavjudotga xos xususiyat.
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzulari
1. Psixikaning filogenetik taraqqiyoti.
2. Seskanuvchanlik va sezuvchanlik tushunchalarining o’zaro munosabati
3. Tropizm tushunchasining mohiyati
4. Hayvonlarning xatti-harakat tiplari.
5. Sensor bosqich va uning xarakterli xususiyati.
6. Perseptiv bosqich va uning xarakterli xususiyati.
7. Intellektual bosqich va uning xarakterli xususiyati.
8. A.N.Leontev va E Fabri bo’yicha psixikaning rivojanish bosqichlari.
9. Instinkt tushunchasining mazmuni.
10. Ko’nikma va malakalarning mohiyati.
11. Hayvonlarning intellektual xatti-harakatlari.
12. Psixikaning muhit va a'zolar tuzilishiga bog’liqligi.
13. Inson ongining rivojlanishi.
14. Ong haqida tushuncha va uning xossalari
15. Ong va ongsizlik muammosi
16. Inson ongi va hayvon psixikasi o’rtasidagi farqlar

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling