Kelishilgan


Psixologiyaning asosiy metodlari


Download 1.73 Mb.
bet27/206
Sana25.09.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1687913
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   206
Bog'liq
3-kurs Matem Majmua

Psixologiyaning asosiy metodlari


asosiy metodlar

Asosiy metodlarning variantlari

kuzatish metodi

Tashqi (obyektiv kuzatish)
Ichki (subyektiv, o’z-o’zini kuzatish)
Erkin kuzatuv Standartlashtirilgan
Guruh ichida kuzatish
Guruh tashqarisida kuzatish

so’roq metodlari

Og’zaki so’roq, Yozma so’roq
Erkin so’roq (suhbat) Standartlashtirilgan so’roq

testlar metodi

Test-so’rov, Test-topshiriq
Proyektiv test Sosiometrik test

Eksperiment

Tabiiy eksperiment Laboratoriya eksperimenti

Modellashtirish

Matematik modellashtirish Mantiqiy modellashtirish
Texnik modellashtirish Kibernetik modellashtirish

Psixologiyada tekshiriladigan psixik hayot hodisalari juda xilma-xil va murakkab hodisalardir. Bu hodisalar qanday metodlar bilan, ya’ni qaysi yo’llar bilan, qanday usullar bilan tekshiriladi, degan savol tug’iladi.


Psixologiyada chinakkam ilmiy bilimga ega bo’lmoq uchun psixikani tekshirish metodlarini bilish va shu metodlardan foydalana bilish kerak. Har bir pedagog kishilar psixikasini tekshirish uchun loaqal eng oddiy usullarni bilishi lozim.
Xar bir fan kabi psixologiya ham psixik (ruhiy) hayot hodisalarini chinakkamiga ilmiy asosda bilib olish uchun quyidagi talablariga amal qilish lozim:
Tekshiriladigan har bir psixik hodisaga boshqa hodisalar bilan bog’langan deb qaralishi zarur. Masalan, psixik hodisaning uning nerv fiziologik asosdan ajratib o’rganish yaramaydi, xotirani tafakkur, diqqat va umuman shaxsdan ajratib o’rganish yaramaydi va hokazo.
Har bir psixik hodisa va umuman shaxs vujudga kelish, taraqqiy etish va o’zgarish jarayonida ko’zdan kechirilishi zarur. Shuning uchun, masalan, bolalar va o’smirlar psixikasining taraqqiyot qonunlarini bilmasdan turib, voyaga yetgan odam psixikasining yetarlicha yaxshi bilib bo’lmaydi.
Psixik hayot hodisalarning ularning taraqqiyot jarayonidan o’rganganda miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tishini va bir sifat holatining ikkinchi sifat holatiga o’tishini ko’zdan kechirmoq kerak. Masalan, odam psixikasining taraqqiy etishini o’rgana turib, bilim olish va to’plash jarayonida odamning bilish qobiliyatlari: xotirasi, tafakkuri va nutqi, mushohadakorligi sifat jihatidan o’zgarishni ko’rsatib bersa bo’ladi. Odam ongi uning tarixiy taraqqiyotida shakllanadi. Hozirgi mustaqillik sharoitida milliy ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlash, yangicha tafakkur qilish va dunyoqarashni shakllantirish milliy mafkura va milliy g’oyani shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Odamning tevarak atrofdagi voqye’likni bilishi kuzatishdan, tajribadan boshlanadi. Shu sababli, ilmiy psixologiya ham o’z mavzuini o’rganishni tajribadan, psixik hayot faktlarini aniqlash, tasvir etish va tahlil qilishdan boshlashi lozim. So’ngra, aniqlangan va tahlil qilingan faktlar asosida, psixik hayot qonuniyatlarini ochib, tegishli nazariy va amaliy xulosalar chiqarilishi lozim.
Har bir fandagi kabi psixologiyada ham tajriba, kuzatish va eksperiment shaklida qo’llaniladi. Kuzatish va eksperimentdan tashqari, ilmiy tekshirishning boshqa mahsus medotlari: suhbat metodi, biografiya metodi, solishtirma tarixiy metod va boshqa metodlar ham qo’llaniladi.

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling