Kelishilgan


Kompyuterlashtirish psixologiyasi


Download 1.73 Mb.
bet26/206
Sana25.09.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1687913
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   206
Bog'liq
3-kurs Matem Majmua

Kompyuterlashtirish psixologiyasi- kompyuterning ishlab chiqarishdagi roli, psixik aks ettirishga ta'siri, shaxs tuzilishining o’zgarishini o’rganuvchi psixologiya sohasi. Mazkur soha kompyuter va inson o’rtasidagi dialogik munosabatni ham tadqiqot qiladi, natijada "texnika-inson-texnika" o’zaro ta'siri mexanizmini tekshiradi va zarur jabshalar o’zaro ta'sirini aniqlaydi. Kompyuterlashtirish inson psixologiyasida muayyan o’zgarishlarni yuzaga keltiradi, sermashsul texnika yaratish tizimini tezlashtirishga muhim psixologik asos yaratadi. Kompyuterlashtirishning bosh muammosi-uning insonga ta'sir o’tkazish mexanizmlarini tadqiqot qilishdir.
Parapsixologiya-hozirgi zamon fanining chegarasidan tashqaridagi, tushuntirish qiyin bo’lgan psixik hodisalarni o’rganadi.
Ekstrosensorika-o’ta sezuvchanlik, telepatiya-fikrni masofaga uzatish, kelajakka bashorat qilish va hokazo. Parapsixologiyaga nisbatan qiziqish qadimdan mavjud bo’lib, unga nisbatan ixlos to hozirgi kungacha kamaygani yo’q, gosho uni psixotronika deb ham atashadi. Xiromantiya-qo’l kaftiga qarab fol ochish, inson kelajagi va uning taqdiri haqidaoldindan bashorat qilishdan iborat noilmiy soha. Spritizm-o’lgan odamlar arvohlari, ruhlari bilan aloqa o’rnatish mumkin, ular hamisha barhayot va biz bilan muloqotga muhtoj g’oyani ilgari suruvchi parapsixologiya sohasi.
3. Psixologiyaning asosiy metodlari. Aniq izlanish predmetiga ega bo’lgan har qanday fan o’sha predmetining mohiyatini yoritish va materiallar to’plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro’si ham birinchi navbatda o’sha metodlar yordamida to’plangan ma’lumotlarning ishonchliligi va validliligiga bog’liq bo’ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador bo’lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala sifatida qaraladi. Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, psixik xodisalarni bevosita qo’l bilan ushlab, ko’z bilan ilg’ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko’plab fanlar bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir tarmog’i o’z vazifalarini yechish va ma’lumotlarga ega bo’lish uchun ko’plab metodlarni sinovlardan o’tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan.
Matematik statistika va ehtimollar nazariyasining psixologiya sohasida qo’llanilishi va unda erishilgan muvaffaqiyatlar avvalo har bir metodning ishonchlilik darajasini aniqlash, qolaversa, to’plangan ma’lumotlarning qay darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi.
2-jadvalda asosiy psixologik metodlar va ularni qo’llash shakllari keltirilgan. Jadval 2.

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling