Kelishilgan


Download 1.73 Mb.
bet41/206
Sana25.09.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1687913
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   206
Bog'liq
3-kurs Matem Majmua

Hayvonlar psixikasi.
Yuqorida ko’rsatilganidek, psixika organik hayotning taraqqiyoti jarayonida paydo bo’lgan. Organik materiyaning anorganik materiyadan farq qiladigan hususiyatlaridan biri shuki, organik materiya seskanuvchandir, ya’ni tashqaridan bo’lgan ta’sirlarga seskanib javob beradi. Muhitning ta’siri bilan qo’zg’aladi. Masalan, bittagina hujayradan iborat bo’lgan amyoba tashqi ta’sirga javob berar ekan, shu ta’sirga qarab harakatlanadi yoki undan qochadi.
Organik materiyaning bundan buyongi taraqqiyot bosqichlarida yangi xossa – sezuvchanlik, sezish xossasi paydo bo’ladi, ya’ni organizmga ta’sir etadigan narsalarning xossalarini aks ettiruvchi sezish qobiliyati paydo bo’lgan. Bu sezish xossasi nerv sistemasining kurtaklariga ega bo’lgan hayvonlar
vujudga kelgan vaqtda, balki undan ham ilgarirok eng boshlang’ich formada paydo bo’lgan A.N.Leontev gipotezasiga ko’ra, sezuvchanlik «…genetik jihatdan olib qaraganda muhitning organizmni boshqa ta’sirlar bilan bog’lovchi, ya’ni organizmning muhitda oriyentirovka qilishga yordam beruvchi signallik vazifasini o’tovchi ta’sirlarga seskanuvchanlikdan boshqa narsa emas». A.N.Leontev seskanuvchanlikdan sezuvchanlikka o’tish boshqacha hayot tarixi bilan bog’liq deb ko’rsatadi va yuksak tashkil topgan hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi a’zolari tarkib topadi deb ko’rsatadi.
Seskanuvchanlik va tropizm
Hamma tirik organizmlar o’simliklardan tortib, hayvonlargacha aks ettirishning biologik shakli seskanuvchanlik xususiyatiga egadir.
Seskanuvchanlik - tirik organizmning biologik ahamiyatiga ega bo’lgan ta'sirlariga javob qaytarish qobiliyatidir. Biotik, ya'ni biologik ahamiyatga ega bo’lgan omillariga maxsus harakatlar bilan reaksiya qilish usullariga tropizm yoki taksislar deyiladi.


Tropizm turlari quyidagi jadvalda yaqqol aks ettirilga:


1.Fototropizm - bu tirik organizmning yorug’lik ta'sirida harakatga kelishidir. Masalan, yoz kuni tungi chiroq yorug’ligiga mayda chivinlarning uchib kelishi.

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling