27.01.2022
Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid:
1. Boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida:
Alisher BOROTOV – katta yuristkonsult o‘z arizasiga asosan 2022-yil 27-yanvardan egallab turgan lavozimidan ozod qilinib, ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi lavozimiga 0,5 ish o‘rniga (tanlovdan o‘tgunga qadar) o‘tkazilsin va unga bazaviy lavozim maoshlari miqdori to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan 2455625 so‘m qilib belgilansin.
Asos: A.Borotovning arizasi, MKning 92-moddasi.
Buyruq bilan tanishdim: _______ _________
imzo sana
2. Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida:
Bahtiyor SIDDIQOV – pedagogika-psixologiya fakulteti dekani o‘z arizasiga asosan egallab turgan hamda qo’shimcha 0,5 ish o‘rnidagi pedagogika kafedrasi dotsenti lavozimlaridan 2022-yil 26-yanvardan ozod qilinsin.
Buxgalteriya foydalanilmagan mehnat ta’tillari hisobidan 298 kunga pullik kompensatsiya to‘lagan holda u bilan 2022-yil 26-yanvar kuniga to‘liq hisob kitobni amalga oshirsin.
Asos: B.Siddiqovning arizasi, MKning 99, 151-moddalari.
Buyruq bilan tanishdim: _______ _________
imzo sana
3. Komissiya tuzish to‘g‘risida:
A.Borotov zimmasida bo‘lgan rasmiy hujjat va moddiy qimmatliklarni A.So‘fiyev zimmasiga topshirish-qabul qilish bo‘yicha quyidagi tarkibda komissiya tuzilsin:
G.Yakubov– bosh auditor, rais;
F.Tursunova – komendant, a’zo;
A.Ahmadjonov – hisobchi, a’zo.
Komissiya (G.Yakubov)ga 2 kun muddat ichida topshirish qabul qilish ishlarini rasmiylashtirish vazifasi yuklatilsin.
Rektor B.Shermuhammadov
Buyruq kadrlar bo‘limida tayyorlandi:
Bajardi Z.Abdumajidova
Mas’ul:
KB boshlig‘i J.Dadaboyeva
Kelishilgan:
O’quv ishlari bo’yicha prorektor R.Shukurov
Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha prorektor A.O‘rinov
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor I.Zokirov
YMMMIB prorektor v.v.b. P.Otaqulov
KQK “Komplayens-nazorat”
tizimini boshqarish bo‘lim boshlig‘i U.Jalilov
MRB boshlig‘i U.G’ulomov
Huquqshunos A.So‘fiyev
Bosh hisobchi Z.Mamatqulov
№29-к
Do'stlaringiz bilan baham: |