8. Qo‘shimcha ishdan ozod qilish to‘g‘risida:
8.1. Xikmatullo DUSMATOV – tilshunoslik kafedrasi katta o’qituvchisi o‘z arizasiga asosan qo‘shimcha 0,25 ish o‘rnidagi mazkur kafedra o’qituvchisi lavozimidan 2021-yil 30-dekabrdan ozod qilingan hisoblansin.
Buxgalteriya foydalanilmagan mehnat ta’tillari hisobidan 16 kunga pullik kompensatsiya to‘lagan holda u bilan 2021-yil 30-dekabr kuniga to‘liq hisob kitobni amalga oshirsin.
Asos: X.Dusmatovning arizasi, MKning 97,151-moddalari.
Buyruq bilan tanishdim: _______ _________
imzo sana
9. Mehnat ta’tilidan chaqirib olish to‘g‘risida:
Maripjon MADG‘OZIYEV – xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i o‘z roziligi bilan bo‘limda ish hajmini ortganligi hamda topshiriqlarni o‘z muddatida bajarilishini ta’minlash maqsadida 2022-yil 13-yanvardan mehnat ta’tilidan chaqirib olinsin va unga shu kundan boshlab oylik maosh to‘lansin.
Asos: Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha prorektor A.O’rinovning bildirishnomasi, MKning 147-moddasi.
Buyruq bilan tanishdim: _______ _________
imzo sana
10. Homiladorlik va tug‘ish ta’tili muddatini uzaytirish to‘g‘risida:
Nazokat SOLIJONOVA – zootexniya fakulteti kotibasi betob bo‘lganligi munosabati bilan (kasallik varaqasi U-47 №369511) uning homiladorlik va tug‘ish ta’tili muddati 2022-yil 7-mart kuniga qadar uzaytirilsin va uning ishga chiqish vaqti 2022-yil 8-mart qilib belgilansin.
Asos: N.Solijonovaning arizasi, U-47 №369511 kasallik varaqasi, MKning 145-moddasi.
Buyruq bilan tanishdim: _______ _________
imzo sana
11. Komissiya tuzish to‘g‘risida:
O’qitishning texnik vositalari bo’limi bo’yicha R.Madoripov zimmasida bo‘lgan rasmiy xujjat va moddiy qimmatliklarni mazkur bo‘lim muxandisi M.Mamatyunusova zimmasiga topshirish-qabul qilish bo‘yicha quyidagi tarkibda komissiya tuzilsin:
Z.Mamatqulov – bosh hisobchi, rais;
M.Madg‘oziev – xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i, a’zo;
A.Ahmadjonov – hisobchi, a’zo.
Komissiya (Z.Mamatqulov)ga 2 kun muddat ichida topshirish-qabul qilish ishlarini rasmiylashtirish vazifasi topshirilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |