O’zbekiston texnik jixatdan tartibga solish tizimini joriy etish muammolari
Ma’lumki xalqaro tajribaga muvofik, standartlarni ishlab chiqish tegishli texnik
qo’mitalarda ishtirok etuvchi barcha manfaatdor taraflar tomonidan konsensus asosida
yagona qaror qabul qilishga asoslanadi. Ushbu prinsip texnik reglamentlarni ishlab
chiqishda xam qo’llanilib, ularni ishlab chiquvchi ekspert kengashi faoliyatida barcha
mutasaddi idoralar ishtirok etishlari kerak.
Ammo, bugungi kunda, ayrim soxalarda standartlashtirish bo’yicha texnik
qo’mitalar tashkil etilmagan. Oqibatda, respublikada ishlab chiqarilayotgan ayrim
maxsulot xamda ko’rsatilayotgan xizmat turlariga tegishli me’yoriy xujjatlar yetarli darjada ishlab chiqilmagan yoki amaldagilari xalqaro talablar bilan bilan uyg’unlashtirilmagan.
Vazirlik, idora va boshka xujalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan texnik reglamentlar loyixalarini tayyorlashda, xalqaro xujjatlar standartlar, reglamentlar(,
qoidalar) bilan solishtirish ishlari yetarli daraja tashkillashtirilmagan. Bunga vazirlik, idora, boshqa xujalik yurituvchi sub’ektlar "O’zstandart" agentligining me’yoriy
xujjatlar davlat fondida mavjud amaldagi xalqaro standartlardan foydalanishga,
xalqaro va xorijiy davlatlarning milliy standartlarini to’g’ridan to’g’ri qabul qilish yoki
.Texnik jixatdan tartibga solish tizimini amaliyotga tatbiq etishning ilmiy asoslari.
Ma’lumki, hozirda Respublikamiz iqtisodiyotini xalqaro amalyotga
integrasiyalash borasida qator ishlar olib borilmoqda. Ushbu jarayonda asosiy vazifa
savdoda mavjud bo’lgan texnik to’siqlarning yechilishidir. Bu borada texnik jihatdan
tartibga solish bo’yicha olib borilayotgan faolyat o’ta muhim ahamiyatga ega. Chunki,
texnik talablarning oqilona qo’llanilishi, ishlab chiqariladigan mahsulotlar
raqobatbardoshligiga ko’maklashishga olib keladi. Shu bois hukumatimiz tomonidan
Butunjaxon savdo tashkilotiga kirish maqsadida bir qator tadbilar amalga
oshirilmoqda.
Ushbu tashkilotga a’zo bo’lish uchun amaldagi milliy qonunchilikni tegishli
kelishuvlarda belgilangan xalqaro talablarga muvofiqlashtrish lozim bo’ladi.(2.1-
rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |