Kembrij maktabi


Download 30.26 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi30.26 Kb.
#1552055
1   2   3   4
Bog'liq
10-bilet

Kapitalizm — xususiy mulk, bozor iqtisodiyoti va demokratik intilishlarga asoslangan jamiyat turi. Ijtimoiy tafakkurning turli oqimlarida K. — erkin tadbirkorlik tizimi, industrial jamiyat taraqqiyotining bosqichi, K. ning hozirgi davri esa — "aralash iqtisodiyot", "postindustrial jamiyat", "axborot jamiyati" va b. sifatida taʼriflanadi. Marksizmda K. — i.ch. vositalariga xususiy mulkchilikka va yollanma mehnatning kapital tomonidan ekspluatatsiya qilinishiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya, deb talqin etiladi.
Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
K. 14—15-asrlarda Italiya (savdo) va Gollandiya (manufaktura) shaharlarida yuzaga kelib, 16-asrdan boshlab Yevropada dastlabki sarmoya (kapital) jamgʻarish deb atalmish jarayon natijasida qaror topdi. Sanoat sohasidagi keskin oʻzgarishlar samarasi oʻlaroq yirik, mashinalashgan i.ch. tashkil topgan edi. K. sharoitida bozor raqobati mexanizmi (qarang Raqobat) tadbirkorni foyda olish uchun sarmoyani doimo koʻpaytirib borish va i.ch.ni takomillashtirishga undaydi. Bu esa ishlab chiqaruvchi kuchlar, fan va texnikaning tez surʼatlar b-n rivojlanishiga imkon beradi. 19-asr oxiri va 20-asr boshida Gʻarbdagi rivojlangan mamlakatlarda yirik sanoat va bank korporatsiyalari tashkil topadi, moliya kapitali muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi, bozor raqobatiga iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish mexanizmi ham qoʻshiladi. Barqaror ijtimoiy tizim tarkib topadi, unda yirik mulkdorlar va yollanma mehnat b-n mashgʻul xodimlar qatorida oʻrta mulkdorlar sinfi ham muhim oʻrin egallaydi.
K.ning hozirgi shakllariga qisqa muddatli (davriylikka va inflyasiyaga qarshi) va uzoq muddatli (makroiqtisodiyot) davlat boshqarib turishi kiradi. Bu bevosita (qonunlar va maʼmuriy hujjatlar orqali) va bilvosita (soliqlar, davlat byudjeti harajatlari, amortizatsiya siyosati orqali) boshqarish shakllarida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, indikativ, tavsiya berish tusidagi tarmoq va mintaqaviy dasturlar (rejalar) ham K.ning hozirgi shakliga kiradi. Koʻpgina mamlakatlarda asta-sekin qaror topgan, ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyoti hamda parlament demokratiyasi 20-asrning 2-yarmida aholi turmush darajasi va madaniyatining yuksalishini, ijtimoiy ziddiyatlarning yumshashini hamda ularni hal etishning huquqiy mexanizmi ishlab chiqilishini taʼminladi. Xoʻjalik hayoti baynalmilallashuv darajasining oʻsishi, transnatsional (davlatlararo) korporatsiyalarning kuchayishi b-n mintaqaviy va jahon iqtisodiy integratsiyasi, iqtisodiyotni davlatlararo boshqarib turish rivojlanmoqda. Bu hol Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa Ittifoqi kabi maxsus tashki-lotlar paydo boʻlishida oʻz ifodasini topdi.[1]

Download 30.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling