Kembrij maktabi
Download 30.26 Kb.
|
10-bilet
Kapitalizm - ishlab chiqarish vositalari xususiylashtirilgan va daromad uchun ishlaydigan hamda narx-navoni bozor iqtisodiyoti belgilaydigan iqtisodiy tizimdir. Dunyoda hozir toʻliq kapitalistik iqtisodiyotli tizim yoʻq, barcha mavjud tizimlar aralashdir; lekin koʻp tizimlarda bozor iqtisodiyoti asosiy rol oʻynaganligi uchun, kapitalizm atamasini ularga nisbatan qoʻllashadi. Kapitalistik davlatlar – tarix maydonida burjuaziya inqiloblari natijasida feodal tuzumi o’rnida paydo bo’ldi. Burjua inqiloblarining ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlari feodal jamiyat negizi asosida yaratildi. Kapitalizm XVI asrda feodal tuzumning emirilishi natijasida vujudga keldi. Kapitalistik tuzum tabiati va uning rivojlanishi kapital bilan bog’liqdir. Kapitalistik tuzumning iqtisodiy asosi ishlab chiqarish vositalari va mehnat qurollariga xususiy mulk sifatida ega bo’lish va shu asosida xususiy tadbirkorlik tizimini shakllantirish hisoblanadi. Kapitalistik davlatlarda xususiy mulk muqaddas va daxlsiz deb e’lon qilinadi. Kapitalistik davlatlarda xususiy mulkni himoya qilish va uni qo’riqlash uchun barcha konstitutsiyaviy va joriy qonunlar xizmat qiladi. Biz buni hozirgi g’arb mamlakatlarida mavjud barcha qonunlarda ko’rishimiz mumkin. Masalan, GFR ning 1kapitalistik davlatlar4kapitalistik davlatlar yil 23 mayida qabul qilingan Konstitutsiyasida xususiy mulk va meros huquqi kafolatlanadi deb yozib qo’yilgan. Kapital mulkning iqtisodiy asosini tashkil etuvchi «moddiy» belgilarga g’arb olimlari quyidagilarni kiritadilar: raqobatning mavjudligi; texnik va texnologik taraqqiyotga ko’maklashuv; moliyaviy sohadagi ixtisosliklarning rivojlanishi; qudratli milliy va transmilliy korporatsiyalarning o’sib chiqishi; vaqti-vaqti bilan depressiyalar (iqtisodiy tanazzul) paydo bo’lishi; xususiy sektor ustidan hukumatning faqat qisman nazorati; kuchli ishchilar tashkilotlarining vujudga kelishi, ularning rivojlanishi va hokazo.
Kapitalizmda xususiy mulk iqtisodiy erkinlikning asosi bo’lib, u o’z navbatida, insonning siyosiy, ijtimoiy va shaxsiy hukuq va erkinliklarining poydevori bo’lib xizmat qiladi. U yoki bu shaxs, guruhlar qo’lida qanchalik ko’p mulk to’plansa, ularning konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo’yilgan huquq va erkinliklarini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlari mavjud bo’ladi va aksincha.Kapitalistik davlatlarjamiyat siyosiy tizimining muhim institutlaridan biri bo’lib, uning ommaviy hokimiyatga egalik qilishi uchun juda yaxshi qurollangan armiyasi, politsiyasi, qamoqxona, razvedka, kontrazvedka kabi tashkilotlari mavjud bo’ladi. Ularsiz kapitalistik davlatning hukmron doiralari hech qanday vazifani uddalay olmaydilar. kapitalistik davlatlar ana shu kuch orqali jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarga iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va huquqiy ta’sir o’tkazib, burjua jamiyatining siyosiy tizimida etakchi o’rinni egallaydi. Jamiyat hayotining barcha sohalarida, xususan ishlab chiqarish, moddiy va ma’naviy farovonlik ta’minlanishida kapitalistik davlat kuchli iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy kuch sifatida maydonga chiqadi. kapitalistik davlatlarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri, hukmron sinf va ularning tashkilotlarida turli xil qarashlar va manfaatlarni ilgari surayotgan turli-tuman fraktsiyalarni birlashtira oladi. Kapitalistik davlatlar xarakteriga ko’ra turli-tuman, ammo ijtimoiy mohiyati va mazmuniga ko’ra quyidagi vazifalarni bajarishni ko’zda tutadi: a) hukmron sinf bo’lgan burjuaziyaning turli qatlamlarida mavjud bo’lgan ichki qarama-qarshiliklarni bartaraf etish; b) burjuaziya sinfining turli qatlamlarini ma’lum bir manfaatlarini bir oqimga birlashtirish; v) burjuaziya va butun jamiyatning umumiy strategik maqsad va manfaatlarini belgilab olish; g) davlatning qo’li ostida bo’lgan barcha vositalardan foydalangan holda kapitalistik iqtisodiyotni uzluksiz rivojlanishini ta’minlagan holda jamiyatni siyosiy tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlash hamda shu orqali rasmiy mafkurani singdirish. Davlat ushbu vazifalarni hal etish orqali turli iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy funktsiyalarni bajaradi. Kapitalistik davlatlarpaydo bo’lishi va rivojlanishining muayyan tarixiy shart-sharoitlaridan kelib chiqib, turli xil boshqaruv, davlat tuzilishi va siyosiy rejim shakllariga ega bo’ladi (qarang: Davlat shakli). Kapitalistik davlatlaruchun ikki asosiy boshqaruv shakli mavjud. Ular konstitutsiyaviy monarxiya va burjua respublika shakllari. Konstitutsiyaviy monarxiya o’z navbatida ikki turga parlamentar va dualistik monarxiya shakllariga bo’linadi. Burjua respublikalari ham parlamentar va prezidentlik boshqaruvi shakllariga bo’linadi. Davlat tuzilish shakllariga ko’ra kapitalistik davlatlarunitar, federativ va konfederativ shakllariga bo’linadi. 3-Savol.E.Chemberlinning monopolistik raqobat nazariyasi Monopolistik raqobat — bu koʻpgina sotuvchilar oʻxshash boʻlgan, ammo bir xil boʻlmagan tovarlarni taklif qiluvchi bozor turi hisoblanadi[1][2]. Monopolistik raqobat va monopoliya nomlari oʻxshash hisoblansa-da, amalda bu ikki raqobat turi keskin farq qiladi. Bunday raqobat turi dastlabki qarashda sof raqobatlashgan elementlariga ega boʻlsa-da, nomukammal raqobatlashgan bozorlar(monopollashgan bozor) turiga kiradi. Monopolistik raqobatda ham faoliyat yurituvchi firmalar nisbatan koʻp, yangi firmalarni bozorga kirib kelishi yoki unda harakat qiluvchi firmalarning undan chiqib ketishida kichik cheklovlar mavjud. Lekin, bu raqobat turi baribir erkin bozordan farq qiladi. Farqi shundaki, monopol raqobatlashgan bozordagi mahsulot tabaqalashgan, yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarni har bir firma oʻziga xos ravishda ishlab chiqarib sotadi va uning mahsuloti boshqa firmalarning mahsulotidan sifati, koʻrinishi, xizmat koʻrsatish turi, uslubi, foydalanilgan materiallari va brendi bilan farq qilishi mumkin. Tovarning differensiallashuvi deganda bozorda sotiladigan tovarni turli xilligi, yagona qolipda emasligi tushuniladi. Har bir firma oʻz mahsulot markasiga ega boʻlganligi sababli maʼlum darajada bozor hokimiyatiga ega boʻladi. Masalan, har bir shaharda fast foodlar, restoranlar va non mahsulotlari(xususan, pishiriqlar) sotadigan joylar bor. Bu iqtisodiy subyektlar deyarli bir turdagi ehtiyojni qondiruvchi turli-xil mahsulotni sotadi. Toshkent shahridagi Feed Up, Oq-Tepa Lavash va Evos kabi fast foodlar oʻxshash menyuga (lavash, burger, kartoshka fri va boshqa isteʼmol tovarlari) ega boʻlsa-da, shakl, taʼm, xizmat koʻrsatish va narxiga koʻra oz boʻlsa-da farq qiladi. 1933-yilda amerikalik iqtisodchi Edward Hastings Chamberlin oʻzining „Monopolistik raqobat nazariyasi“ asarida yangi raqobat turi — monopolistik raqobat haqida soʻz yuritadi. Uning fikricha real bozor turlari aynan raqobatlashgan bozor va monopoliya oraligʻidagi chegarada faoliyat yuritishadi. Keyinchalik 1977-yilda esa Avinash Kamalakar Dixit va Joseph Eugene Stiglitz monopolistik raqobatni hozirgi koʻrinishiga olib kelgan hammualifdagi maqolalari chiqadi. Bu model keyinchalik Dixit-Stiglitz modeli nomini oldi[3]. Lekin Michael Porter tomonidan bildirilgan asosiy nazariyaga koʻra, istalgan mahsulot hech boʻlmasa bir guruh isteʼmolchilar tomonidan „oʻzgacha“ deb qabul qilinadi. Shu sababli ularni fikriga qarab differensiallik darajasi aniqlanadi. 1986-yilda Merton Howard Miller tomonidan marketing va innovatsiyani differensiallashuvning asosiy 2 strategiyasi deb nomlashni taklif qildi. 1988-yilda esa Henry Mintzberg aniq va keng kategoriyalarni taklif qildi: Umumiy xususiyatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]Monopolistik raqobatga ega bozor quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi: Firmalar bir tovarning turli xil varianti hisoblanuvchi, substitutlik darajasi yuqori hisoblanuvchi, mahsulotlarini sotadi va bir-biri bilan raqobatlashadi (substitut tovarlarning narxga koʻra elastikligi yuqori boʻladi); Bozorga yangi firmalarni kirishi va faoliyat koʻrsatishi, bozordan chiqishi deyarli cheklanmagan[5]; Bozorda koʻpgina firmalar faoliyat koʻrsatadi va ularning har biri tovarga ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulotining xususiyatlariga koʻra tovarga boʻlgan bozor talabining bir qismiga ega boʻlishadi; Ishlab chiqaruvchi va isteʼmolchilarning bozordagi holatdan xabardor emasligi yoki axborotning yetarli emasligi(axborotning asimmetrik taqsimlanishi)[6]; Firmalar oʻz mahsulotlariga narx belgilashda va sotish hajmini aniqlashda erkin qaror qabul qila olishadi. Masalan, istalgan firma tovarining elastiklik darajasiga koʻra oʻz mahsuloti narxini yoki oshirib yoki kamaytirib qoʻshimcha foyda olishi mumkin. Aytaylik, elastiklik 5 ga teng boʻlgan sharoitda agar firma oʻz mahsuloti narxini 10 foizga tushirsa uning mahsulot sotish hajmi 1,5 barobarga oshadi va oshish alohida bir firma hisobidan emas, balki koʻp firma hisobidan sotiladi, shu sababli bu narx siyosati koʻplab firmalarga sezilarli boʻlmagan tarzda zarar yetkazishi mumkin. Agar sof raqobatlashgan bozorda firma narxni oʻzgartira olmasa, monopolistik raqobat sharoitida firmaning narx siyosati kichik chegaralar ostida kechadi: agar firma narxni keragidan ortiq oshirsa, ashaddiy mijozlar ham raqobatchilarga ketishi, haddan ziyod tushirsa(yaʼni juda koʻp ishlab chiqarsa) oʻsuvchi xarajatlar funksiyasi zarar keltirishi, zarar keltirmagan taqdirda bir birllik mahsulot narxi uning tannarxi (ATC) dan ham pasayib ketishi mumkin.(Shuni yodda tutish kerakki, bunday holatda firmalar kelishib ish koʻrmasligi kerak) Download 30.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling