O`zbekistonda monopoliya korxonalar va ularning bu yo`lda ish olib borishi va bu korxonalarga davlat qanday chora korayapti


Download 9.53 Kb.
bet1/2
Sana13.11.2023
Hajmi9.53 Kb.
#1769500
  1   2
Bog'liq
O`zbekistonda monopoliya korxonalar va ularning bu

O`zbekistonda monopoliya korxonalar va ularning bu yo`lda ish olib borishi va bu korxonalarga davlat qanday chora korayapti

Najimxo`jayev Xasan 11/23

Reja:

1. Monopolistik raqobat 2. Umumiy xususiyatlar 3. Monopoliyaga qarshi qonunchilik

1. Monopolistik raqobat


Monopolistik raqobat — bu koʻpgina sotuvchilar oʻxshash boʻlgan, ammo bir xil boʻlmagan tovarlarni taklif qiluvchi bozor turi hisoblanadi[1][2]. Monopolistik raqobat va monopoliya nomlari oʻxshash hisoblansa-da, amalda bu ikki raqobat turi keskin farq qiladi. Bunday raqobat turi dastlabki qarashda sof raqobatlashgan elementlariga ega boʻlsa-da, nomukammal raqobatlashgan bozorlar(monopollashgan bozor) turiga kiradi. Monopolistik raqobatda ham faoliyat yurituvchi firmalar nisbatan koʻp, yangi firmalarni bozorga kirib kelishi yoki unda harakat qiluvchi firmalarning undan chiqib ketishida kichik cheklovlar mavjud. Lekin, bu raqobat turi baribir erkin bozordan farq qiladi. Farqi shundaki, monopol raqobatlashgan bozordagi mahsulot tabaqalashgan, yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarni har bir firma oʻziga xos ravishda ishlab chiqarib sotadi va uning mahsuloti boshqa firmalarning mahsulotidan sifati, koʻrinishi, xizmat koʻrsatish turi, uslubi, foydalanilgan materiallari va brendi bilan farq qilishi mumkin. Tovarning differensiallashuvi deganda bozorda sotiladigan tovarni turli xilligi, yagona qolipda emasligi tushuniladi. Har bir firma oʻz mahsulot markasiga ega boʻlganligi sababli maʼlum darajada bozor hokimiyatiga ega boʻladi. Masalan, har bir shaharda fast foodlar, restoranlar va non mahsulotlari(xususan, pishiriqlar) sotadigan joylar bor. Bu iqtisodiy subyektlar deyarli bir turdagi ehtiyojni qondiruvchi turli-xil mahsulotni sotadi. Toshkent shahridagi Feed Up, Oq-Tepa Lavash va Evos kabi fast foodlar oʻxshash menyuga (lavash, burger, kartoshka fri va boshqa isteʼmol tovarlari) ega boʻlsa-da, shakl, taʼm, xizmat koʻrsatish va narxiga koʻra oz boʻlsa-da farq qiladi.

2. Umumiy xususiyatlar


Monopoliya atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (yaʼni, yunoncha „monoc“ — yagona, bitta va „poleo“ — sotaman) tarkib topsada, uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha taʼriflash oʻrinli: monopoliya — monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalarning birlashmalari.
Monopoliya (yunoncha mono — tanho, poleo — sotaman) — iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi oʻz tovari bilan fa-oliyat koʻrsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning oʻrinbosari boʻlmaydi. M. ishlab chiqarish vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilik korxonalar, sohibkor shaxslar yoki davlat qoʻlida toʻplanishi natijasida paydo boʻladi.
  • Monopolistik raqobatga ega bozor quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
  • Firmalar bir tovarning turli xil varianti hisoblanuvchi, substitutlik darajasi yuqori hisoblanuvchi, mahsulotlarini sotadi va bir-biri bilan raqobatlashadi (substitut tovarlarning narxga koʻra elastikligi yuqori boʻladi);
  • Bozorga yangi firmalarni kirishi va faoliyat koʻrsatishi, bozordan chiqishi deyarli cheklanmagan[5];
  • Bozorda koʻpgina firmalar faoliyat koʻrsatadi va ularning har biri tovarga ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulotining xususiyatlariga koʻra tovarga boʻlgan bozor talabining bir qismiga ega boʻlishadi;
  • Ishlab chiqaruvchi va isteʼmolchilarning bozordagi holatdan xabardor emasligi yoki axborotning yetarli emasligi(axborotning asimmetrik taqsimlanishi)[6];
  • Firmalar oʻz mahsulotlariga narx belgilashda va sotish hajmini aniqlashda erkin qaror qabul qila olishadi. Masalan, istalgan firma tovarining elastiklik darajasiga koʻra oʻz mahsuloti narxini yoki oshirib yoki kamaytirib qoʻshimcha foyda olishi mumkin. Aytaylik, elastiklik 5 ga teng boʻlgan sharoitda agar firma oʻz mahsuloti narxini 10 foizga tushirsa uning mahsulot sotish hajmi 1,5 barobarga oshadi va oshish alohida bir firma hisobidan emas, balki koʻp firma hisobidan sotiladi, shu sababli bu narx siyosati koʻplab firmalarga sezilarli boʻlmagan tarzda zarar yetkazishi mumkin. Agar sof raqobatlashgan bozorda firma narxni oʻzgartira olmasa, monopolistik raqobat sharoitida firmaning narx siyosati kichik chegaralar ostida kechadi: agar firma narxni keragidan ortiq oshirsa, ashaddiy mijozlar ham raqobatchilarga ketishi, haddan ziyod tushirsa(yaʼni juda koʻp ishlab chiqarsa) oʻsuvchi xarajatlar funksiyasi zarar keltirishi, zarar keltirmagan taqdirda bir birllik mahsulot narxi uning tannarxi (ATC) dan ham pasayib ketishi mumkin.(Shuni yodda tutish kerakki, bunday holatda firmalar kelishib ish koʻrmasligi kerak)

Download 9.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling