Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti maktab menejmenti II kurs 19/1 guruh


Download 18.52 Kb.
Sana16.11.2021
Hajmi18.52 Kb.
#175041
Bog'liq
topshiriq4 fuqarolikjamyati jamshiduralovofficial


Toshkent viloyati

Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti

MAKTAB MENEJMENTI

II KURS 19/1 GURUH

Jamshid URALOV

Blits Savollari | Javoblar

Savol#1: Harakatlar strategiyasida davlat organlarining yuridik xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qanday chora tadbirlar rejalashtirilgan?

Davlat organlarining yuridik xizmatlar faoliyatini tashkillashtirish uchun Harakatlar strategiyasida bir qator chora tadbirlar sanab o`tilgan. Jumladan, sud-huquq tizimining erkinlashuvi, sudlarning boshqa hokimiyat organlari oldida javobgar emasligi, davlad organlariga murojaat qilishning masofaviy usullarining yaratilishi, ya’ni yagona davlat xizmatlari portal faoliyatining tashkil etilishi, xususiy notaries va notarial idoralarining faoliyatini soddalashtirish va raqamlashtirish shular jumlasidandir.



Savol#2: Harakatlar Strategiyasida advokatura.

Ma’lumki, har bir davlat qonunchiligida fuqarolar o`z haq-huquqlarini himoya qilishda bevosita advakatura xizmatlariga ehtiyoj sezadi. Shu maqsada taraqqiyot strategiyasida advakatura faoliyatini tashkil etish, qonunchilikda xususiy advakatura institutlarining aralashuvini oshirish, sohada raqobatni shakllantirish borasida chora tadbirlar belgilanib o`tilgan.



Savol#3: Advakatlarga hakamlik sudlarida hakam sifatida ishtirok etish huquqining berilishi.

Jahon huquqiy tajribasida sudyalar asosan yaxshi ta’lim olgan huquqshunoslar bo`libgina qolmay, o`z sohasida ma’lum yutuqlarga erishgan advokatlar ham hisoblangan. Shu boiz O’zbekiston tajribasida advokatlarga hakamlik huquqining berilishi odil sudlov tizimining sifati, sohaga kerak bo’lgan kadrlar salohiyatining ortib borishi, qonun doirasida ijobiy yondoshilgan holda masalalarning hal etilishi va eng muhimi inson huquqlarining poymol etilishiga yo’l qo’ymaslik holatlarni bartaraf etish uchun bizning huquq tizimimiz uchun taraqqiyot richagi bo’lib xizmat qiladi.



Savol#4: Advokat so`rovlarini ko`rib chiqish tartibi va muddatlarini aniqlashtirish zarurligi haqida gapirib bering.

Ma’lumki har bir advokat ma’lum bir shaxs (jismoniy yoki yuridik) himoyachisi hisoblanib sudda uning nomidan ish ko`ruvchi yurist hisoblanadi. Shuning uchun ham sud-huquq tizimida advokatlik murojaatlarini ko`rib chiqish va tezroq hal etish bu bevosita inson huquqlari bilan bog’liq tushuncha hisoblanadi. Shundan kelib chiqib advokatlik so’rovlarini ko’rib chiqish va uning muddatlarini tezlashtirish har bir davlat sud-huquq tizimining sifat ko’rsatkichi deya bemalol ayta olamiz. Qonunchiligimizda davogar sud hukmidan qoniqmagan holatda ishni qayta ko’rib chiqish yoki qayta sudga oshirish holatlarining bo’lishi, sudlar tomonidan o`qilgan hukmlarda qayta ko’rib chiqish uchun muddat berish (masalan calendar 15 kuni) xalqaro huquq normalariga mos keladi va bu inson huquqlarining kafolati hisoblanadi.



Savol#5: Advokatlar va advokatlik tuzulmalari daromadlarini soliqqa tortishni maqbullashtirishdan ko’zlangan maqsad.

Ma’lumki, soliqlar har bir davlatning asosiy budjet mablag’larini tashkil etuvchi aktiv kirim hisoblanadi. Biror tarmoq uchun ma’lum imtiyoz yoki soliqdan ozod qilish, soliq tizimini maqbullashtirish albatta o’z-o’zidan bo’lmaydi. Aynan o’sha soha rivojlanishi uchun davlat tomonidan ko’rsatiladigan asosiy va birinchi yordam bu soliqlarni muvofiqlashtirish hisoblanadi. Advokatura xizmatlari va advokatlik institutlari mablag’lariga solinadigan soliqlarni muvofiqlashtirish va ularni muqobillashtirish ham aynan shu tarmoqning rivoji uchun qilingan strategic harakat hisoblanadi.
Download 18.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling