Kengash buxoro davlat
-rasm. Qishloq xo‘jaligi raqobatbardoshligini oshirishga davlat tomonidan ta’sir ko‘rsatish dastaklari11
Download 5.42 Mb.
|
Очилов
1-rasm. Qishloq xo‘jaligi raqobatbardoshligini oshirishga davlat tomonidan ta’sir ko‘rsatish dastaklari11Qishloq xo‘jaligining raqobatbardoshlik darajasini oshirishga davlat tomonidan ta’sir ko‘rsatishning ikkinchi dastagi huquqiy dastak hisoblanib, unga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi12: boshqaruv. Bunda mamlakatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar boshqaruvining an’anaviy yoki innovatsion shaklda tashkil etilganligi nazarda tutiladi. An’anaviy boshqaruvga asoslangan iqtisodiy subyektlarda ishlab chiqarish jarayonlarida, asosan, insonlarning mehnatidan keng foydalanilsa, 11 Бушманов С.М. Механизмы поддержания конкурентоспособности малых предприятий: автореф... канд. экон. наук: 08.00.05/ С. М. Бушманов. - Новосибирск, 2004. - 24 с.; Даянов И. Г. Региональный механизм формирования равных условий конкуренции: автореф... канд. экон. наук: 08.00.05 / И. Г. Даянов. - Уфа: [б. и.],2003. - 24 с.; Каучуков Р., Савка А. Механизм государственного регулирования цен в аграрном секторе развитых стран. Экономист №6 2001. С.24-26маълумотлари асосида муаллиф томонидан тузилган. 12 Каучуков Р., Савка А. Механизм государственного регулирования цен в аграрном секторе развитых стран. Экономист №6 2001. С. 25-26. innovatsion boshqaruvda ilf-fan yutuqlarini ishlab chiqarish jarayonlariga keng tatbiq etgan holda, texnik va texnologik jihatdan qurollanishga ustuvorlik qaratiladi; qonunchilik. Bunda agrar sohada xo‘jalik faoliyati yuritishga oid yaratilgan shart-sharoitlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning haq-huquqlari va ularning majburiyatlari bo‘yicha mamlakatda amal qilayotgan me’yoriy-huquqiy asoslar nazarda tutiladi; kriminogen omillar. Agrar soha mahsulotlarini yetishtirish, ularni sotish, yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha ayrim xo‘jalik subyektlariga asossiz ravishda (tanish bilishchilik, korrupsiya asosida) imtiyozlarning ajratilishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kontrabandasi va shu kabi qonunlarning buzilishi holatlari nazarda tutiladi. Amaliyotda kriminal omillar hisobiga ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi subyektlar raqobat ustunligiga ega bo‘lishga intilishi holatlari uchrab turadi. Qishloq xo‘jaligi raqobatbardoshligini oshirishga davlat tomonidan ta’sir ko‘rsatish tashkiliy dastaklarining samarali amal qilishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: bozor infratuzilmasining rivojlanganlik holati. Bunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish (yetishtirish), jumladan, ekinlarni ekish, ularni parvarish qilish, hosilni yig‘ib olish, mahsulotlarni yetkazib berish va uzoq muddat saqlash, shuningdek, yetishtirilgan mahsulotlarni to‘liq sotish imkonini beruvchi intitutsional birlashmalar, logistik markazlar, texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar va shu kabi boshqa turdagi korxonalar faoliyatining yo‘lga qo‘yilganligi nazarda tutiladi; agrar soha tarmoqlarining integratsion strategiyasi. Bunda mamlakat qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini uzoq muddatli davrda raqobatbardoshligi ko‘rsatkichini oshirishda agrosanoat klasterlarini tashkil etish nazarda tutiladi. Agrosanoat klasterlari bugungi kunda qishloq xo‘jaligiga sarflanayotgan investitsion loyihalarning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Download 5.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling