Kengash buxoro davlat


-jadval Bozor subyektlari raqobatbardoshligi tushunchasining iyerarxik tarkibiy


Download 5.42 Mb.
bet9/40
Sana03.12.2023
Hajmi5.42 Mb.
#1799877
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
Bog'liq
Очилов

1-jadval Bozor subyektlari raqobatbardoshligi tushunchasining iyerarxik tarkibiy


tuzilishi9



Iyerarxik daraja

Raqobatbardoshlik tushunchasining mohiyati

Mamlakat raqobatbardoshligi

Mamlakat tomonidan xalqaro bozor standartlariga mos keladigan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, YAIMning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash va aholi turmush
sifatini xalqaro me’yorlarga mos ravishda oshirish imkoniyati



Mintaqa raqobatbardoshligi

Mintaqa tomonidan ichki va tashqi bozor talablariga mos keladigan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, mintaqaning iqtisodiy salohiyatidan to‘liq foydalanish hisobiga YAHMning barqaror o‘sishini, jumladan, mintaqaning mamlakat YAIMni barqaror o‘sishini ta’minlashdagi ulushini oshirish va mintaqada yashovchi aholining turmush
sifatini xalqaro me’yorlarga mos ravishda ta’minlay olish imkoniyati



Tarmoq raqobatbardoshligi

Tarmoq tomonidan ichki va tashqi bozor talablariga mos keladigan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, tarmoq tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan, innovatsion, yuqori texnologik qayta ishlashga asoslangan
mahsulotlarni ishlab chiqarish, ilmiy texnik salohiyatdan to‘liq foydalanish hisobiga tarmoqning rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish



Klaster raqobatbardoshligi

Vertikal integratsiyalarni kuchaytirish orqali tashqi va ichki bozor talablariga mos keladigan tovar va xizmatlar ishlab chiqarishda makrotexnologik salohiyatdan samarali
foydalanish hisobiga multiplikativ samaradorlikka, jumladan, ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish hisobiga raqobatdagi ustunlikka erishish imkoniyati



Iqtisodiy adabiyotda davlat tomonidan qishloq xo‘jaligining raqobatbardoshlik darajasini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi dastaklari ularning ta’sir yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy turlarga ajratiladi (1-rasmga qarang).
Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohot chora-tadbirlari orqali qishloq xo‘jaligi korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishda iqtisodiy dastaklar bevosita ishlab chiqarilayotgan mahsulot taklifini rag‘batlantirishga qaratilganligi bilan harakterlanadi. Shuningdek, iqtisodiy dastaklarning samarali amal qilishiga quyidagi omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi10:

    • ichki bozor sig‘imkorligining cheklanganligi. Bunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi subyekt tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarni boshqa




9 Васильева З. А.Иерархия понятий конкурентоспособности субъектов рынка [Электронный ресурс] // Маркетинг в России и за рубежом. 2006. № 2. URL: http://www.mavriz.ru/articles/2006/2/4109.html маълумотлари асосида тузилган.
10 Каучуков Р., Савка А. Механизм государственного регулирования цен в аграрном секторе развитых стран. Экономист №6 2001. С. 24-25.
mamlakatlarga eksport qilish, ularni tashish va saqlash bo‘yicha davlat tomonidan yetarli shart-sharoitlarni yaratilganligi;

  • mahsulot yetishtirish (yoki ishlab chiqarish) xarajatlari hajmi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini texnik va texnologik jihatdan zamonaviy qurollantirish orqali mahsulot tannarxini pasaytirishga erishishni davlat tomonidan rag‘batlantirish zaruriyati;

  • dastlabki xarajatlar. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi xo‘jalik subyektlarini ochish, ular faoliyatini rivojlantirishning ilk bosqichlarida ularning moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganligi va davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlanishi;

  • davlatning iqtisodiy siyosati. Bunda davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘llanilayotgan proteksionizm siyosati, agrar soha tarmoqlarini moliyaviy qo‘llab- quvvatlash, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar, sohaga davlat kafolati ostida jalb etilayotgan investitsiyalar, agrar sohada band bo‘lgan yollanma ishchilarning ijtimoiy himoya qilinganlik holatlari inobatga olinadi;

  • mahsulotni to‘liq hajmda sotish (yoki realizatsiya qilish) imkoniyati.




Download 5.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling