Kengash buxoro davlat


Download 5.42 Mb.
bet8/40
Sana03.12.2023
Hajmi5.42 Mb.
#1799877
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
Bog'liq
Очилов

Tаdqiqоt nаtijаlаrining арrоbаtsiyаsi. Ushbu tаdqiqоt nаtijаlаri 7 tа, jumlаdаn, 4 tа rеsрublikа vа 3 tа хаlqаrо ilmiy-аmаliy kоnfеrеnsiyаlаrdа арrоbаtsiyаdаn о‘tkаzilgаn. Tаdqiqоt jаrаyоnidа оlingаn ilmiy хulоsа vа tаvsiyаlаrdаn оliy о‘quv yurtlаridа “Iqtisоdiyоt nаzаriyаsi”, “Qishlоq хо‘jаligi
iqtisоdiyоti” kаbi fаnlаrning ishсhi о‘quv dаsturlаrini tаkоmillаshtirish vа tа’lim bеrish jаrаyоnidа fоydаlаnilmоqdа.
Tаdqiqоt nаtijаlаrining е’lоn qilinishi. Dissеrtаtsiyа mаvzusi bо‘yiсhа jаmi
15 tа ilmiy ish, shu jumlаdаn, О‘zbеkistоn Rеsрublikаsi Оliy аttеstаtsiyа kоmissiyаsining dоktоrlik dissеrtаtsiyаlаr аsоsiy nаtijаlаrini сhор еtish tаvsiyа еtilgаn ilmiy jurnаllаrdа 8 tа ilmiy mаqоlа, jumlаdаn, 4 tаsi rеsрublikа vа 4 tаsi хоrijiy ilmiy jurnаllаrdа nаshr qilingаn.
Dissеrtаtsiyаning tuzilishi vа hаjmi. Dissеrtаtsiyа tаrkibi kirish, uсh bоb, хulоsа, fоydаlаnilgаn аdаbiyоtlаr rо‘yхаti vа ilоvаlаrdаn ibоrаt bо‘lib, umumiy hаjmi 122 bеtdаn ibоrаt.

DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI


Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va ilmiy ahamiyati asoslangan, tadqiqotning respublikada olib borilayotgan fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi, muammoning o‘rganilganlik darajasi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti, uning ilmiy yangiliklari va amaliy natijalari ochib berilgan, olingan natijalarning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritilgan, tadqiqot natijalarining joriy qilinganligi, nashr qilingan ishlar va dissertatsiyaning tuzilishi, hajmi bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.
Dissertatsiyaning «Qishloq xo‘jaligi raqobatbardoshligini oshirishning konseptual jihatlari» deb nomlangan birinchi bobida raqobatbardoshlik tushunichasining shakllanishi, unga oid nazariy qarashlar evolyutsiyasi o‘rganilgan, qishloq xo‘jaligi raqobatbardoshligini oshirishning mohiyati va zaruriyati asolangan, jumladan, qishloq xo‘jaligi raqobatbardoshligini oshirishning ilg‘or xorij tajribasi qiyosiy taqqoslangan.
XX asrning o‘rtalariga kelib iqtisodiy adabiyotda turli mamlakatlar iqtisodchi olimlari tomonidan raqobat ustunligini tahlil qilishning uslubiy jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar amalga oshirila boshlandi. Jumladan7:

  • 1960-yillarda raqobat ustunligini baholashning matritsaviy yondashuvi;

  • 1970-1980-yillarda raqobat ustunligini aniqlashga omilli yondashuv;

  • 1990-yillarga kelib, raqobatbardoshlikka ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va ularning ko‘rsatkichlarini empirik yondashuv asosida tahlil qilish orqali raqobatbardoshlik indeksini ishlab chiqishga erishildi.

Iqtisodiy adabiyotlarda raqobatbardoshlik iqtisodiy kategoriyasining tub mohiyati, uning mazmuni va tarkibiy komponentlarini tadqiq etishga bag‘ishlangan ko‘p sonli ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan. Jumladan, Z.A. Vasilyeva tomonidan raqobatbardoshlik tushunchasining iyerarxik tuzilishi ishlab chiqilgan8 (1-jadvalga qarang).
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning “mukammal raqobat” sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida biron bir raqobat ustunligiga ega





7 Белова Л.Г. Эволюция подходов к оценке конкурентных преимуществ различных стран // Аудит и финансовый анализ 2012. № 5. С. 314–319.
8 Васильева З. А.Иерархия понятий конкурентоспособности субъектов рынка[Электронный ресурс] // Маркетинг в России и за рубежом. 2006. № 2. URL: http://www.mavriz.ru/articles/2006/2/4109.html.
bo‘lgan fermer xo‘jaligining mavjudligi, boshqalarning raqobatbardoshlik ko‘rsatkichini tashqi ta’sir hisobiga zaiflashishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining tobora rivojlanib borishi agrar sohada faoliyat yuritayotgan iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi raqobat kurashining gorizontal shaklini birmuncha zaiflashtirgan holda, vertikal raqobat munosabatlarini jadal rivojlanishiga olib keldi. Agrar sohadagi raqobat kurashining yana bir o‘ziga xos jihati qishloq xo‘jaligi mahsulotlari marketingining monopollashtirish xususiyatiga ega ekanligida o‘z aksini topadi. Shuningdek, bir hududda joylashgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi iqtisodiy subyektlar o‘zaro integratsion munosabatlarga kirishish orqali hududlararo yoki mamlakatlararo raqobatga kirishgan holda, vertikal raqobat kurashiga kirishadilar. Ushbu holat ma’lum bir hudud ichidagi o‘zaro raqobat kurashini intensivligini biroz susaytirgan holda, hududiy kooperativlar o‘rtasidagi raqobatning rivojlanishiga olib keladi.

Download 5.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling