Kengash buxoro davlat


-rasm. Agrar sohaga ajratilgan subsidiyalarning YAIMdagi ulushi (2001- 2020-yillar bo‘yicha o‘rta hisobda, foizda)19


Download 5.42 Mb.
bet15/40
Sana03.12.2023
Hajmi5.42 Mb.
#1799877
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40
Bog'liq
Очилов

3-rasm. Agrar sohaga ajratilgan subsidiyalarning YAIMdagi ulushi (2001- 2020-yillar bo‘yicha o‘rta hisobda, foizda)19


BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ekspertlari tomonidan amalga oshirilgan hisob-kitoblar natijalariga ko‘ra, 2001-2020-yillarda AQSHda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga ajratilgan davlat subsidiyalarining YAIMdagi ulushi 39,9 foizga teng bo‘lgan holda, jahonda yetakchi o‘rinni egallaydi. Shuningdek, ushbu ko‘rsatkich EI mamlakatlari bo‘yicha 26,3 foizga teng bo‘lib, Norvegiya (32,8 foiz) va Buyuk Britaniya (27,6 foiz) kabi mamlakatlarning ko‘rsatkichlari EI bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlan yuqori hisoblanadi (3-rasmga qarang).
Dissertatsiyaning “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlanish tendensiyalari va raqobatbardoshligini oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari” deb nomlangan ikkinchi bobida respublikada qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlar ular huquqiy-institutsional asoslarining rivojlanish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, turli bosqichlarga ajratilgan, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligining rivojlanish tendensiyalari aniqlangan,



17 Милосердов В. В. Многоукладная экономика АПК: состояние и перспективы // АПК: экономика,управление.
– 2012. – № 2. – С. 10–21.
18 Абдиев М. Ж. Основные направления агропродовольственной политики Кыргызской Республики вусловиях интеграции в Евразийский экономический союз // Общество и экономика. – 2017. – № 3, 4. –C. 136.
19 BMT ning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan. http://www.fao.org/faostat/ru/#data.
hozirgi holati baholanib, qishloq xo‘jaligidagi mavjud muammolar va uning raqobatbardoshligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ekonometrik usulda tahlil qilingan. O‘zbekistonda mustaqillikning ilk yillaridan boshlab qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, uning barqarorligini ta’minlash va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlarga ustuvorlik qaratilib kelinmoqda. Mamlakatimiz tabiiy-iqlimiy jihatdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun qulay shart- sharoitlarga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, jahon bozorida o‘zining meva-sabzavotlari bilan mashhur hisoblanadi. Ayni vaqtda qishloq xo‘jaligi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lib, ushbu sohada 3,6 mln kishi yoki iqtisodiyotda band bo‘lganlarning 27,0 foiz qismi band hisoblanadi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligining mamlakat YAIMdagi ulushi o‘rta hisobda 30 foizdan oshiq ko‘rsatkichga ega hisoblanadi20.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi rivojlanishi va uning raqobatbardoshligini oshirishning huquqiy institutsional asoslarini quyidagi bosqichlarini ajratib o‘tish maqsadga muvofiq: 1991–1995-yillar – mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, uning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlar bevosita sobiq ittifoqning parchalanishi natijasida mamlakat iqtisodiyotida kuzatilgan iqtisodiy inqirozning ta’sirini yumshatish, agrobiznes subyektlari faoliyatini bozor iqtisodiyoti tamoyillariga moslashtirish bosqichi; 1996–2002-yillarni – mazkur davr mobaynida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashning institutsional asoslari takomillashtirildi, qishloq xo‘jaligi munosabatlari bozor iqtisodiyoti munosabatlariga to‘liq moslashtirishga erishildi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mamlakatda yetarli shart-sharoitlarni yaratishga ustuvorlik qaratildi; 2003–2008-yillar
– mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jumladan agrar sektorni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning bozor mexanizmini yanada mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga investitsiyalarni jalb qilish, agrobiznes vakillariga moliyaviy tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini oshirishga qaratilgan bosqich; 2009–2016-yillar – ushbu bosqichda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni qayta ishlashni sifat jihatdan takomillashtirish, agrosanoat tarmoq tarkibini takomillashtirish, agrobiznes vakillarini texnik-texnologik jihatdan qurollanishini rag‘batlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ichki iste’mol bozorini to‘yintirish va ular eksportini kengaytirish, qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashga qaratilgan islohotlarga ustuvorlik qaratildi; 2017-yildan hozirgi kunga qadar – mazkur bosqichda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari sifatida respublika hududlarida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ixtisoslashgan agroklasterlarni tashkil etish, xorijiy investitsion loyihalardan foydalanish samaradorligini oshirish va hududlarda “aqlli qishloq xo‘jaligi” tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazish, uzoq muddatli istiqbolda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha konsepsiyalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish kabi chora-tadbirlarni aytib o‘tish mumkin.



20 https://uzanalytics.com/iqtisodi%D0%B5t/5585/
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan yer resurslari hajmining yildan yilga kamayib borishi sharoitida raqobat kurashida ustunlikka ega bo‘lish avvalo yer resurslaridan samarali foydalanish bilan belgilanadi. Tahlillarga ko‘ra, 2000–2021- yillarda mamlakatimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 1387,2 mlrd. so‘mdan 302 524,9 mlrd. so‘mga yetdi. Jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish, har bir gektar yerdan samarali foydalanish, agrobiznes vakillarini zamonaviy texnikalar bilan qurollantirish, ekinlarni tomchilab sug‘orishga o‘tish va shu kabi chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirilishi natijasida har bir gektar yerdan olinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2000-yildagi 0,4 mln. so‘mdan 2021-yilga kelib 92,8 mln. so‘mga yetdi (4-rasmga qarang). Shuningdek, o‘rganilayotgan davrda dehqonchilik mahsulotlarining ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmidagi ulushi 50,2 foizdan 49,9 foizga kamaygan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich chorvachilik mahsulotlarida 49,8 foizdan 50,1 foizga ortdi. Ushbu holat mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlanish yo‘liga o‘tayotganidan dalolat beradi.



4-rasm. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va uning samaradorligi ko‘rsatkichlari21


“Covid-19” inqirozi sharoitida mamlakatimizda turli tabiiy-iqlimiy ofatlarning kuzatilishi natijasida ayrim hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda uzilishlar vujudga keldi. Jumladan, Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlarida 19 ming gektardan ziyod maydondagi paxta, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini qayta ekishga to‘g‘ri keldi. Buxoro viloyatidagi kuchli dovul oqibatida 26 ming gektar maydonda paxta va g‘alla nihollariga zarar yetdi. Vujudga kelgan noqulay tabiiy-iqlimiy sharoitlarga qaramay, koronavius pandemiyasi avj olgan 2020-yilning o‘zida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida 6,5 mln. tonnaga yaqin g‘alla, 3 mln. tonnadan ziyod paxta, 21 ming tonna pilla, 22 mln. tonna meva-sabzavotlar, 2,5 mln. tonna go‘sht va 11 mln. tonnadan ziyod sut mahsulotlari yetishtirilgan22.
Koronavirus pandemiyasining 2020-yilda avj olishiga qaramay mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida chuqur iqtisodiy islohotlar izchil davom ettirildi. Xususan,



21 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
22 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М. Мирзиёевнинг Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги ҳодимларига байрам табригида сўзлаган нутқидан 12.12.2020. https://president.uz/uz/lists/view/4009.
2020-yilning o‘zida respublika bo‘yicha 11 mingga yaqin fermer xo‘jaliklari (fermer xo‘jaliklarining qariyb 90,0 foizi) ko‘p tarmoqli xo‘jaliklarga aylantirilib, 37 ming aholining bandligi ta’minlandi. Shuningdek, koronavirus pandemiyasi sharoitida davlat tomonidan shaxsiy tomorqa egalariga artezian quduqlari qazish hamda ixcham issiqxonalar qurish uchun subsidiyalar va imtiyozli kreditlar ajratishga e’tibor kuchaytirildi. Jumladan, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi jamg‘armadan 65 yarim milliard so‘m, tomorqa xizmati korxonalari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari va fermerlarni qo‘llab-quvvatlash uchun esa 110 milliard so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirildi. Bundan tashqari, “Har bir yoshga
– bir gektar” dasturi doirasida g‘alladan bo‘shagan maydonlarning 84 ming gektari 266 mingta kam ta’minlangan oilalar va ishsiz yoshlarga berilib, ularga fermer xo‘jaliklari va tomorqa xizmati korxonalari biriktirildi. Ushbu dastur natijasida 1 million tonnadan ziyod mahsulot yetishtirildi23.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan sug‘oriladigan yerlarning o‘rta hisobda 13 foizigina dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari ulushiga to‘g‘ri kelishiga qaramay, 70 foizdan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga erishilgan. Xususan, sut va sut mahsulotlarining 95-97 foizi, go‘sht va go‘sht mahsulotlarining 90-95 foizi, kartoshkaning 80-85 foizi, sabzavotlarning 70-72 foizi poliz ekinlarining 58-61 foizi, mevalarning 60-62 foizi, poliz ekinlarining esa 55- 57 foizi aynan dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari tomonidan yetishtiriladi24.
Tadqiqotlarimiz natijalariga yanada aniqlik kiritish maqsadida, qishloq xo‘jaligida yalpi qo‘shilgan qiymatda fermer va dehqon xo‘jaliklarining tutgan o‘rnini baholash uchun regression tahlilni amalga oshirish lozim, deb hisoblaymiz. Amalga oshirilgan chiziqli regression tahlil natijalariga tayangan holda aytish mumkinki, fermer xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi qo‘shimcha 1 000 birlikka ortganda, sohada yaratilgan qo‘shilgan qiymat hajmi 141 mlrd. so‘mga, jumladan, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi esa qo‘shimcha 1 000 birlikka ortganda, sohada yaratilgan qo‘shilgan qiymat hajmi 1 027 mlrd. so‘mga ortadi.
Dissertatsiyaning uchinchi bobi “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va uning global raqobatbardoshligi darajasini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari” deb nomlanib, unda mamlakat qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, uning barqarorligini oshirishga qaratilgan davlat dasturlarini takomillashtirish, uzoq muddatli istiqbolda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirishning muqobil ssenariyalari hamda uni amalga oshirish strategiyasiga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston jahon bo‘yicha qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni faol qo‘llab- quvvatlovchi mamlakatlar qatoriga kiradi. Bugungi kunda mamlakatimiz hukumati tomonidan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga taraqqiy etgan mamlakatlarga nisbatan 2–3 marta ko‘proq mablag‘ sarflanayapti. Shu bilan bir qatorda, mamlakatimiz qishloq


23 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М. Мирзиёевнинг Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги ҳодимларига байрам табригида сўзлаган нутқидан 12.12.2020 й. https://president.uz/uz/lists/view/4009
24 UzAnalitics расмий сайти маълумотлари асосида https://uzanalytics.com/iqtisodi%D0%B5t/7739/
xo‘jaligini rivojlantirishda bozor mexanizmlarining to‘liq shakllanmaganligi ushbu mablag‘lardan foydalanish samaradorligiga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Xususan, 1 gektar yerdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichi Turkiyada 2 ming AQSH doll.ga, Misrda 8 ming AQSH doll.ga, Isroilda 12 ming AQSH doll.ga teng bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich mamlakatimizda 300 doll.dan oshmayapti. Aslida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida 1 gektar yerdan 10 ming AQSH doll. qiymatiga ega mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega hisoblanadi25. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligining raqobatbardoshligi va samaradorligi xalqaro ko‘rsatkichlarga nisbatan sezilarli darajada ortda qolayotganligidan dalolat beradi.
Fikrimizcha, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirishda, avvalo, respublika hududlarining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashuvi, fermer va dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlarini takomillashtirish maqsadga muvofiq. Jumladan, mamlakat miqyosida qishloq xo‘jaligi va agrosanoat tarmoqlarining raqobatbardoshligi darajasini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda hududiy chora-tadbirlarni umumlashtirgan holda strategik maqsadlarni belgilanishi lozim bo‘ladi. Buning uchun respublika hududlari kesimida qishloq xo‘jaligi va agrosanoat tarmoqlarining mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashuvi darajasidan kelib chiqqan holda ularning raqobatbardoshligi darajasini oshirishning kompleks dasturlarini ishlab chiqish amaliyotini takomillashtirish zarur.
Respublika, jumladan, uning hududlarida qishloq xo‘jaligi va agrosanoat tarmoqlarining raqobatbardoshlik darajasini oshirishga qaratilgan davlatning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish jarayonida “ko‘p darajali maqsadllar” sxemasiga asoslanishni lozim topdik. Ushbu usul orqali maqsadlarni turli darajalarga ajratish orqali vazifalarni respublika va uning hududlarida qishloq xo‘jaligi va agrosanoat tarmoqlarining ixtisoslashuvi yo‘nalishi, shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvorliklari bo‘yicha aniq belgilash imkoniyati yaratiladi.
Fikrimizcha, respublika hududlarida qishloq xo‘jaligi va agrosanoat tarmoqlari raqobatbardoshlik darajasini oshirish dasturlarining ko‘p darajali maqsadlari sxematik tuzilishi 4-jadvalda keltirilgan tartibda shakllantirilishi zarur.
Keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda qishloq xo‘jaligi faoliyati yuritishning aynan qaysi shakliga e’tiborni kuchaytirish lozimligini aniqlash maqsadida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi bilan qishloq xo‘jaligi faoliyat yuritish shakllari (fermer, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar) bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining ortishi o‘rtasidagi regressiv-korrelyatsion tahlilni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.





25 https://xs.uz/uzkr/post/ozbekistonda-qishloq-khozhaligini-rivozhlantirish-strategiyasi-iqtisodiyotimiz-drajveri- khalqimiz-turmush-farovonligini-taminlovchi-yangi-bosqichdir.

Download 5.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling