Kerakli texnik vositalar: Shaxsiy kompyuterlardan iborat kompyuter sinfi. Kerakli dasturiy vositalar
Download 1.08 Mb.
|
Lobarotoriya ishi-1
E kran – chizmaning ekranda ko‘ringan qismini chop etadi.
Ramka – bu usul tanlanganda sichqoncha bilan ekranda chop etiladigan to‘rtburchak soha ko‘rstilishi talab qilinadi. Soha diagonal bo‘yicha ikki chekka nuqtalarini ko‘rsatish orqali tanlanadi. Ko‘rsatilgan soha chop etiladi. List – listda joylashgan barcha chizma chop etiladi. Modelь qatidan chop etish paytida List o‘rniga Limit (chizishi chegarasi) da joylashgan barcha chizma chop etiladi. - Smeщenie ot nachalo bo‘limida (2-rasm) qog‘oz pastki chap burchagidan tanlangan sohani X va Y yo‘nalishi bo‘yicha necha mm ga siljitib chop qilish ko‘rsatiladi. Цentrirovatь tanlansa, chizmani qog‘oz o‘rtasiga joylashtirib beradi. - Masshtab pechati bo‘limida chop etiladigan sohani qog‘ozga joylashtirish uchun masshtab tanlanadi. Vpisatь belgilansa chizma ko‘rinishiga masshtabni AutoCAD o‘zi tanlab, to‘lasincha tanlangan qog‘oz formatiga joylab beradi. U tanlagan masshtab standartga mos kelmaydi. Masshtab degan joydan esa foydalanuvchi o‘zi standart kattalashtirish yoki kichiklashtirish masshtabini tanlaydi. Odatda chizma ko‘rinishi List qatida chop etishga tayyorlangach, masshtabi 1:1 tanlab chop etiladi. Chizmaning o‘ziga esa Listdagi ko‘rinish oynalarida (model muhitida) aniq masshtab tanlanadi. Masshtabirovatь ves liniy orqali chiziq yo‘g‘onliklarini masshtabga qarab mos ravishda o‘zgartirish yoki o‘z yo‘g‘onligida qoldirish ko‘rsatiladi. - Prosmotr… tugmasi orqali chop etiladigan chizma qog‘ozda qanday joylashishini ekranda ko‘rish mumkin. Agar qog‘ozda joylashishi ma’qul bo‘lmasa, yana Parametrы listov oynasiga qaytib qog‘oz parametrlari o‘zgartiriladi. Chop etish qurilmasi tanlanmagan bo‘lsa, pechat qilish va oldindan ekranda ko‘rish (Prosmotr) imkoni bo‘lmaydi. Ko‘rinish oynasining chegara chiziqlari qog‘ozga chiqmasligi uchun uni chop etilmaydigan (Defpoints) qatga o‘tkazish kerak. Ko‘rinish oynasi uchun chizma masshtabini tanlash: 1. Ko’rinish oynasi yaratish uchun dialog oyna chaqiradi; 2. Diagonal bo’yicha ikki nuqta ko’rsatib to’rtburchakli Ko’rinish oynasi yaratish; 3. Bir necha nuqtalar ko’rsatib ko’pburchakli Ko’rinish oynasi yaratish; 4. Chizilgan yopiq konturli figurani Ko’rinish oynasiga aylantirish; 5. Ko’rinish oynasini chegaralarini qirqish orqali yangicha ko’rinishga o’tkazish; 6. Aktiv Ko’rinish oynasidagi chizmaga masshtab tanlash; C 1 2 3 4 5 6 hop etish uchun qog‘ozning barcha parametrlari tanlangach, ko‘rinayotgan puntir chizig‘i yaqinroq ichki tomonlari bilan qog‘oz uchun ramka chizig‘i va chap burchakda shtamp chiziladi. AutoCAD dasturining asosiy elementlari bilan tanishib chiqamiz. 1. Chiziq belgisi yordamida toʻgʻri chiziq chizish qoidasi . 1. Kompyuter ekranining chap tomonida joylashtirilgan ushbu belgi ustiga kursor keltirilib, “sichqoncha”ning chap tugmasi 1-marta bosiladi. 2. Soʻngra boshlangʻich nuqta joylashtiriladi. Buning uchun ekrandagi chiziladigan Formatning kerakli joyiga kursor keltiriladi va “sichqoncha”ning chap tugmasi 1-marta bosiladi. Demak, boshlangʻich nuqta joylashtirildi. 3. “Sichqoncha” yordamida nuqta tanlanib, undan chiziqqa yunalish beriladi. Bunda klaviaturaning F8 tugmasidan foydalanib, chiziqqa faqat yotiq, faqat tik yoki istalgan yoʻnalishlar berilishi mumkin. 4. Chiziqqa kerakli uzunlik (masalan, 10, 200, 4000,… mm hisobida) beriladi va klaviaturaning enter tugmachasi bosiladi. Soʻngra keying yoʻnalish tanlanadi, unga oʻlcham beriladi va yana enter tugmachasi bosiladi. Chiziqlarni chizish shu tartibda davom ettiriladi. 5. Chiziq chizishni toʻxtatishda yoki har qanday keyingi amallarni nihoyasiga etkazish ishlarida esc tugmachasi bosiladi. 2. Nur belgisi yordamida chiziqlar qoidasi . 1. Ushbu belgi ustiga kursor keltirilib, “sichqoncha”ning chap tomoni bir marta bosiladi. 2. Soʻngra boshlangʻich nukta joylashtiriladi. Buning uchun “sichqoncha”ni chap tugmasi ekrandagi chiziladigan Formatning kerakli joyiga 1-marta bosiladi. Demak, boshlangʻich nuqta joylashtirildi. 3. Yoʻnalish beriladi va “sichqoncha”ning chap tomoni 1-marta bosiladi. 4. Kerak boʻlsa yana boshqa yunalish berilib, “sichqoncha”ning chap tugmasi 1marta bosiladi. Ishni tugatish kerak boʻlsa, esc bosiladi. 3. Paralel chiziqlar chizish 1. Ushbu belgi ustiga kursor keltirilib, “sichqoncha”ning chap tomoni bir marta bosiladi. 2. koʻrsatmasiga S xarfi yozilib, enter tugmasi bosiladi. 3. Paralel chiziqlar orasidagi masofa beriladi va enter tugmasi bosiladi. 4. Soʻngra boshlangʻich nuqta joylashtiriladi. Buning uchun ekrandagi chiziladigan Formatning kerakli joyiga borib, “sichqoncha”ning chap tugmasi 1-marta bosiladi. 5. Masofa berilib, shu tartibda chiziqlar chizilaveriladi. 6. Agar chiziqlardan ortiqchasini olib tashlash kerak boʻlsa, avval kerakli obyekt belgilanib, belgi ustiga kursor keltiriladi va “sichqoncha”ning chap tugmasi 1-marta bosiladi. Soʻngra belgisi bosilib, obekt “sichqoncha”ning chap tugmasini bosish yoʻli bilan belgilanadi, keyin ochik joyga kursor keltirilib, “sichqoncha”ning oʻng tugmasi bir marta bosiladi. Soʻngra ikki chiziq orasidagi keraksiz chiziq ustiga kursorni keltirib, “sichqoncha”ning chap tugmasini 1-martadan bosish yoʻli bilan keraksiz chiziqchalar olib tashlanadi. 4 . Toʻgʻri chiziq va yoy chizish 1. Ushbu belgi ustiga kursor keltirilib, “sichqoncha”ning chap tomon tugmasi 1marta bosiladi. 2. Soʻngra boshlangʻich nuqta joylashtiriladi. Buning uchun ekranda chiziladigan Formatning kerakli joyiga kursor keltirilib, “sichqoncha”ning chap tugmasi 1-marta bosiladi. 3. Chiziqqa yoʻnalish beriladi va “sichqoncha”ning chap tugmasi 1marta bosiladi. Yana shu belgi ustiga “sichqoncha” keltirilib, “sichqoncha”ning chap tomon tugmasi 1-marta bosiladi. 4. Ekranga kursorni keltirib, “sichqoncha”ning oʻng tugmachasi bosiladi. Chiqqan yozuvlardan “Arc” tanlanib, radius beriladi. 5. Koʻpburchak chizish 1. Koʻpburchak belgisi ustiga kursor keltirilib, “sichqoncha” ning chap tomon tugmasi 1marta bosiladi. 2. Koʻpburchak tomonlari soni klaviaturadan raqamlarni terish orqali kiritiladi va enter bosiladi. 3. Soʻngra boshlangʻich nuqta joylashtiriladi. Buning uchun ekranda chiziladigan Formatning kerakli joyiga kursor keltirilib, “sichqoncha”ning chap tugmasi 1-marta bosiladi. 4. Lotincha I yozilib, enter bosiladi. 5. Koʻpburchak radiusi klaviaturadan raqamlarni terish orqali kiritiladi va enter tugmasi bosiladi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling