Defragmentatsiyalash utilitlari. Fayllarni qattiq diskga saqlashda, amaliy tizim (AT) ularni bo’sh joylarga joylashtiradi. Hozirgina formatlangan diskda fayllar bir fragment ko’rinishida saqlanadi. Keyingi faylni saqlashni esa, AT oldingi faylni oxiridan boshlab, uni ham bir fragment ko’rinishida saklaydi. Birinchi faylni ochib, uni hajmini o’zgartirganingizdan so’ng defragmentatsiyalash jarayoni boshlanadi. AT yangi ma’lumotlarni faylni oxiriga saqlay olmaydi, chunki bu fayldan so’ng boshka faylni ma’lumotlari saqlanadi. Agarda ba’zi bir faylni ochmoqchi bo’lsangiz, qattiq disk FAT jadvaliga murojaat etadi, chunki bu jadvalda fayllar fragmentlari to’g’risida ma’lumotlar ro’yxati mavjud, lekin, fragmentlangan fayllarni ochish uchun ancha vaqt talab qilinadi, agarda, FAT jadvali shikastlangan bo’lsa ularni umuman o’qib bo’lmaydi. Bu muammoni echish uchun fayllarni defragmentatsiyalashni muntazam ravishda bajarishingiz tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |