Kerakli texnik vositalar: Shaxsiy kompyuterlardan iborat kompyuter sinfi. Kerakli dasturiy vositalar


Download 0.65 Mb.
bet10/13
Sana02.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#201023
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1-tajriba ishi

Hisobot oluvchi utilitlar. Ko’p hollarda kompyuterni ishlatishda kelib chiqadigan muammolarni echish kaliti operatsion tizim har xil vositalariga, turli apparat va dasturiy komponentalarni tekshirishga imkon berishdan iborat. Ma’lumotlarni diagnostika qilish va tiklovchi utilitlar. Qattik disklarni xolatini taxlil etish va tiklash bir-biri bilan bog’lik. Siz shu vazifalarni alohida bajaradigan dasturlardan yoki universal echimlardan foydalanishingiz mumkin. BIOS yoki DOS, diagnostik dasturlardan olingan xatolar haqidagi ma’lumotlar anik yo’llanmalarga asoslangan bo’lib unda ko’rsatilgan ma’lumotlardan foydalanish mumkin, lekin ularga to’liq ishonib bo’lmaydi. AMI BIOS ni ishlab chikaruvchi American Megatrends kompaniyasi bir nechta utilitlar va maxsus uskunalarni tavsiya etadi. Shu erga Intel, AMD, Cyrix, SGS Thomson va Texas Instruments kompaniyalarining protsessorlarini tekshirishga imkon beradigan, AMIDIAG dasturi xam kiradi. Protsessorlardan tashkari bu dastur xotira, disk yurituvchi, kattik disklar, CD, DVD va BD - disk yurituvchilar, videoadapterlar, USB, parallel va ketma-ket portlar, ovoz platalari, tarmokli adapterlar va boshkalarni tekshiradi. Yana bir utilitlardan biri - Smith Micro Software ishlab chikaruvchi kompaniyasining Checkit utilitini keltirish mumkin. Bu utilitning to’plamiga yana Computer Associates kompaniyasida ishlab chiqarilgan Clean & Zip File Management Utility va InoculatelT Antivirusni xam keltirish mumkin. Diagnostik dasturlar o’z ishini bajarishi uchun ish vaktidagi kompyuterni tekshirishi lozim. Piter Norton uz faoliyatini uchirilgan fayllarni tiklaydigan utilitlardan boshladi va uz imperiyasini yaratdi. Vaqt o’tishi bilan juda ko’p har xil utilitlar va kompyuter diagnostika qiladigan uskunalar yaratildi, lekin Symante kompaniyasining Norton Utilites utilitalar to’plami eng yaxshilaridan biri deb hisoblanadi. Bu to’plamda Norton Disk Doctor va Norton System Doctor utilitlari asosiy deb xisoblanadi va kattik disk, xamda butun tizim ishini tekshiradi. System Watch dasturi Windows tizim resurslarini nazorat qiladi va kelib chiqadigan muammolar to’g’risida ogohlantiradi. Shu to’plamga tegishli yana bir utilit - bu Norton Uninstall Deluxe dasturi. Uning vazifasi - Windows tizimida kerak bo’lmagan dasturlarni olib tashlash. Norton CrashGuard Deluxe dasturi esa, kompyuter ishidagi nosozliklarni bartaraf etadi hamda tizim fayllarni va parametrlarni tekshiradi. Utilit to’plamlaridan yana biri Cyber Media kompaniyasi yaratgan McAfee Utilities to’plamidir.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling