Kerakli texnik vositalar: Shaxsiy kompyuterlardan iborat kompyuter sinfi. Kerakli dasturiy vositalar


Download 0.65 Mb.
bet8/13
Sana02.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#201023
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1-tajriba ishi

Servis dasturiy ta’minoti - foydalanuvchiga kompyuter bilan ishlashda qo’shimcha xizmatlar taqdim etuvchi va operatsion tizimlar imkoniyatlarini oshiruvchi dasturiy mahsulotlar jamg’armasidan iborat. Funktsional imkoniyatlarga ko’ra, servis vositalarini quyidagi vositalarga bo’lishi mumkin: - foydalanuvchi interfeysini yaxshilovchilar; - ma’lumotlarni buzilish va koidasiz kirishlaridan ximoya qiluvchilar; - ma’lumotni qayta ishlovchilar; - disk va tezkor xotira qurilmasi o’rtasida ma’lumot almashuvini tezlashtiruvchilar; - virusga qarshi vositalar OT ning sozlovchisi bo’lgan kobiklar operatsion kobiklar deb ataladi. Utilitalar va avtonom dasturlar tor ixtisoslashgan bo’lib, har biri o’z vazifasini bajaradi. Biroq utilitalar avtonom dasturlardan farkli ravishda tegishli qobiqlar muhitida bajaradi. Qobiq foydalanuvchiga sifat jihatdan yangi interfeys taqdim etadi. OT foydalanuvchi operatsiya va buyruqlarini ikir-chikirigacha bilishdan ozod etadi. Utilitalar foydalanuvchiga qo’shimcha xizmatlarni asosan disklar va faylli tizimlar bo’yicha xizmat ko’rsatish ko’rinishida taqdim etadi. Utilitalar quyidagi vazifalarni bajarishga yo’l qo’yadi:

- disklarga xizmat ko’rsatish;

- fayl va kataloglarga xizmat ko’rsatish (xuddi qobiqlar kabi);

- arxivni yaratish va yangilash;

- turli rejim va formatlarda matnli va boshqa fayllarni bosish;

- kompyuterni virusdan himoya qilish.



Virusga qarshi himoyali dasturiy vositalar viruslarni topish va davolashni ta’minlaydi.

Diagnostik utilitlar. Diagnostik dasturlar, kompyuterni tekshirishga mo’ljallangan. Uning yordamida, vaqtida bartaraf etilmagan muammolarni echish mumkin. Diagnostik utilitni ishga tushirish uchun kompyuter disketadan yoki qattiq diskdan yuklanishi lozim. Ba’zi bir diagnostik dasturlar DOS yoki Windows ish nusxasi mavjudligiga bog’liq, boshqa dasturlar esa DOS dagi chegarali funktsional analogi bilan birga etkazib beriladi yoki o’rnatish jarayonida yuklanuvchi disketani yaratadi. Yana bir kamchiligi shundaki, eng etakchi diagnostik dasturga, diagnostik natijalarni interpretatsiya qila oladigan superkompyuter kerak. Diagnostik dasturlar qanchalik yaxshi bo’lmasin, ulardan hech biri kompyuterning har bir komponentini yaxshi tekshirolmaydi. Antivirus dasturlarning faoliyat maydoniga tusholmaydigan muammolar kuyida keltirilgan. Elektr ta’minot blokining holati. Misol uchun, diagnostik dastur xar doim o’qish-yozishda xatolar mavjudligini ko’rsatgandan so’ng, tajribasiz mutaxassis 4 yoki 5 ta kattik disklarni o’zgartiradi. Yangi kattik disk, o’rnatilgandan so’ng yaxshi ishlaydi, lekin, bir kecha davomidagi tekshirish natijalari kamaymasdan oshib boraverar edi. Har safar tekshiruv natijalarini kurgach va ularni taxlil kilgach mutaxassis bu qattiq disk ham yaroqsiz deb biladi. Va nixoyat, kompyuterda bir necha qattiq disklar o’zgartirilgandan so’ng xatolarni kelib chiqishi aniqlandi. Muammo elektr ta’minot blokining sifatsizligida. Shuni aytib o’tish kerakki, zamonaviy tizim platalarda yuboriladigan kuchlanishni sinovdan o’tkazish (testlash) vositalari mavjud. Uskunalar ishidan kelib chiqadigan ba’zi bir muammolar. Masalan, kompyuterga o’rnatilgan plata qizib ketgan hollarda aytib o’tilgan muammolar kelib chiqadi. Bu muammolarni aniqlash uchun diagnostik dasturni uzoq vaqtga, masalan, bir kechaga yuritib qo’yish kerak bo’ladi. Butun kompyuterni, disklarni va ma’lumotlarni tekshirish va tizim bo’yicha ma’lumotga ega bo’lish uchun dasturlar. Hozirgacha mavjud bo’lgan diagnostik dasturlarni 3 ta kategoriyaga bo’lish mumkin: • butun kompyuterni tekshiruvchi dasturlar. Bu dasturlar butun kompyuterning ish faoliyatini tekshirishga harakat qiladi. Ular tizim xotirasini, mikroprotsessorni, DMA xotirasidan erkin foydalanish yo’l (kanal)larini, soprotsessorni, disk yurituvchi va qattiq disklarni, parallel va ketma-ket portlarni, videoadapterni, sichqoncha va klaviaturani tekshiradi. Ular, shuningdek, tizimning tarkibiy tuzilmasi, tanaffuslar, kiritish- chiqarish portlarni sozlash hamda har bir qurilma ishlatadigan xotira manzillari to’g’risida ham to’liq ma’lumot beradi • disk va ma’lumotlarni tekshiruvchi dasturlar. Bu dasturlar fakatgina disklarni va ulardagi ma’lumotlar strukturasini (har bitta sektorida shikastlangan ma’lumotlar mavjudligini) taxlillaydi. Odatda, shunday dasturlar, ma’lumotlarni tiklash uchun murakkab vositalarni tavsiya etadi. Bu bo’lim (kategoriya)ga kiradigan dasturlar disklarni intensiv tekshirish, shikastlangan sektorlarni blokirovka qilish, fayllarni joyini o’zgartirish, shuningdek, ma’lumotlarni sektor bo’yicha to’g’rilash funktsiyalarini bajaradi.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling