Keramik materiallar va buyumlar


Fasadbop keramik plitalar


Download 0.53 Mb.
bet8/13
Sana13.11.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1770440
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Keramik materiallar (1)

Fasadbop keramik plitalar plastik va yarim quruq presslash usullarida tayyorlanadi. Fasad plitalari glazurlangan va sirlanmagan, silliq va relef yuzali holda 26 tipda 292x192x9 mm dan 21x21x4 mm gacha o’lchamlarda ishlab chiqariladi. Standart bo’yicha boshqa o’lchamdagi plitalarni ishlab chiqarish ruxsat etiladi. Plitalarning suv shimuvchanligi 5 va 7-10% bo’lishi mumkin. Sovuqqa chidamligi 35 va 50 stikl bo’ladi.
  • Plitalar g’ishtli binolarni, temirbeton panellarni, sokollarni tashqi tomonini bezashda, er osti yo’laklarini qoplashda ishlatiladi. (3.4-rasm).
  • Gilam nusha keramika turli rangli, glazurlangan va sirlanmagan kichik o’lchamli plitkalar bo’lib, gilam nusxasida kraft qog’ozga o’ng yuza bilan elimlanadi. Qorishma bilan yaxshi yopishishi uchun yuzasi taram-taram holda tayyorlanadi. Gilam nusha koshinkor plitkalar o’lchamlari 48x48 va 22x22 mm, qalinligi 4 mm, ulardan tayyorlangan gilamlar o’lchami 724x46 va 672x424 mm holda zavodda tayyorlanadi. Plitkalarning suv shimuvchanligi 12% gacha, sovuqqa chidamligi esa 25 sikldan kam bo’lmasligi kerak. Plitkalar uysozlik temirbeton panellarni tashqi yuzalarini, transport va sport inshootlari, savdo markazlari kabi binolarni bezashda ishlatilishi mumkin.
  • Fasadbop keramik plitkalar
  • Ichki devorlarga qoplanadigan plitkalar. Devor qoplanadigan plitkalar mayolika va fayans turlariga bo’linadi. Fayans plitkalari kaolin, dala shpati va kvars qumi aralashmasi, mayolika esa qizil gillardan press avtomatlarda yarim quruq, presslash usullarida tayyorlanadi.
  • Plitkalar sirlangan va sirlanmagan, gulli va gulsiz, relef-ornamentli, shaffof, yaltiroq va yaltiramaydigan, bir xil rangli va turli rangli bo’lishi mumkin. Ichki bezak plitkalari 150x150 mm, 150x100 mm, 150x75 mm va qalinligi 4-6 mm va boshqa o’lchamlarda ishlab chiqariladi (3.5-rasm). Ichki devor plitkalarining suv shimuvchanligi 16% gacha, egilishdagi mustahkamlik chegarasi 12 MPa bo’lishi, 125±50S dan 15-200S gacha harorat o’zgarishida darzlar hosil bo’lmasligi kerak.
  • Gilam nusha-koshinkor plitkalar quyma usulda tayyorlanadi. Plitkalar 20 tur o’lchamlarda ishlab chiqariladi: chekkalari 25, 35, 50, 75, 100 va 125 mm kvadrat, 25x100 mm to’g’ri to’rtburchak shaklida va boshqa o’lchamlarda bo’lishi mumkin. Plitkalarning qalinligi 2,5 mm, tashqi yuzasi esa turli rangli va fakturali bo’ladi.
  • Ichki devorlarni bezak plitalari turar joy, jamoat va sanoat binolarining sanitariya-gigiena xonalarini bezashda, konstrukstiyalarni namdan va vaqtincha alangadan saqlash maqsadida qoplanadi.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling