Kesish nazariyasi va kesuvchi asboblar


Volfram guruxidagi qattiq qotishmalar cho’yan, bronza, toblangan


Download 22.52 Kb.
bet2/4
Sana07.02.2023
Hajmi22.52 Kb.
#1173100
1   2   3   4
Bog'liq
9 14bilet

Volfram guruxidagi qattiq qotishmalar cho’yan, bronza, toblangan
po’lat va mo’rt materiallarga ishlov berish uchun qo’llaniladi.VK qotishmasida
kobalt miqdorining oshishi uning qattiqligi va yeyilishga bardoshligini pasaytiradi,lekin mustahkamligi ortadi.VK2 qotishmasi juda yuqori yeyilishga chidamlilikka
ega va yarim toza, toza va oxirgi ishlov berish uchun qo’llaniladi.

Bilet 10
1) Metchik va plashkaning vazifasi
2) Kesib ishlov berishdagi asosiy harakatlar qaysilar?
3) Tokarlik kesuvchi asboblarning turlarini ta’riflang
Metchik — teshiklarda vintsimon rezba (ariqcha) ochish (qirqish) uchun moʻljallangan metall qirqish asbobi. Metchikning bir uchi kesuvchi tigʻlari (qirralari) boʻlgan silindrik valikdan, ikkinchi uchi stanok patroniga yoki qisqichga mahkamlashga moʻljallangan quyruqdan iborat.
Asosiy xillari: dastaki Metchik. (qoʻlda rezba ochish uchun); gayka Metchigi (ikki tomoni ochiq teshiklarda rezba ochish uchun); mashina Metchigi (parmalash stanoklarida, avtomat va maxsus agregat stanoklarida, asosan, bir tomoni berk teshiklarda rezba ochish uchun); stanok Metchigi (gayka qirqish stanoklarida ikki tomoni ochiq teshiklarda rezba ochish uchun);
avtomat Metchik (gayka qirqish stanoklarida rezba ochish uchun) va boshqa Ular legirlangan asbobsozlik poʻlati va tezkesar poʻlatdan yasaladi

Plashka - Qolip yoki xalqcha lerka — tashqi iplarni qoʻlda yoki mashinada (mashinada) kesish uchun asbob [1] [2]. Lerkaning ajralmaydigan shakli bor va yivli tishli teshikka ega, kesilgan ip matritsalarga qaraganda aniqroq. Hozirgi vaqtda o'lim va lerklarga bo'linish to'xtadi.


Qoliplarning turlari: qattiq, bo'linadigan va surma (klupp). Qolipning tashqi yuzasi shakliga ko'ra yumaloq, kvadrat, olti burchakli, prizmatik bo'ladi.

2.
kesuvchi asboblarning kesish xususiyatlari asboblarning konstruksion metallarni kesib ishlay oluvchanligini belgilaydi. Kesish xususiyatlarining asosiy ko'rsatkichi bo‘lib asbobning ekspluatatsion resursi xizmat qiladi va u asbobning ish davridagi turg'unligi, asbobning texnik me’yorlar bo'yicha ko‘rsatilgan barcha qayta charxlashlar- dan so‘ng to’la foydalanish vaqti orqali ifodalanadi.


3Tokarlik stanoklarida foydalaniladigan keskichlar bajaradigan ish 
xarakteriga ko‘ra turli xil bo‘lishidan tashqari, ular issiqbardosh, kam yeyiladigan bo‘lishi
lozim. Shu boisdan keskichlar legirlangan tezkesar po‘latlar (masalan, P9, P18), qattiq 
qotishmalar (masalan, T15K6, BK6) va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Har qanday keskich 
tuzilishiga va geometriyasiga ko‘ra farqlanadi. 62- rasm (a) da ko’proq tarqalgan zagotovkani 
o‘ngdan chapga bo‘ylamasiga yo‘nuvchi keskich keltirilgan. Bu o‘naqay keskichdir, chapdan 
o‘ngga qarab yo‘nuvchi, chapaqay keskichlar ham bo‘ladi. Rasmdan ko‘rinadiki, keskich ish va 
tana qismidan iborat bo‘lib, ish qismi bevosita zagotovkadan qirindi yo‘nadi, tana qismi keskich 
tutkichga o‘rnatiladi. Zagotovkadan qirindi yo‘nash oqilona olib borilishi uchun ish qismi 
ma’lum burchaklar ostida charxlanib, qirrali tig‘lar hosil etiladi. 
Ma’lumki, ishlanuvchi materialning qattiqligi ortishi bilan 
keskichining issiqlik o‘tkazuvchanligi pasayishi sababli kesib ishlashga qarshiligi ortib,
kesish zonasida ancha ko‘p issiqlik ajraladi, natijada keskich tezroq yeyiladi. Zagotovka sirtida
karbidlar, shlaklar, bo‘lsa, ular ham shunday ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan sifatli va unumli 
ishlov uchun kesib ishlanadigan zagotovka materialiga, uning fizik-mexanik xossalariga va sirt 
yuza holatiga ko‘ra keskich materiali va uning geometrik burchaklarini tanlashning ahamiyati
g‘oyat katta. 


Download 22.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling