Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XII.3. Elektr qurilmalarda yong’inni o’chirish


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

 
XII.3. Elektr qurilmalarda yong’inni o’chirish 
 
Yonginga qarshi himoya sistemasi – bu yonginning xavfli 
faktorlarini insonga ta’sirini bartaraf etishga va yongin vaqtida material 
zararlar miqdorini cheklashga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnik 
vositalar majmuidir.
Bino va inshootlarning yonginga chidamliligi va uni oshirish 
yo’llar. Yonginga chidamlilik deganda materiallar va konstruksiyalarning 
yongin sharoitida o’z mustahkamligini saqlash xususiyati tushuniladi. 
Qurilish konstruksiyalarining yongin ta’sirida o’z xususiyatini va 
mustahkamliligini yo’qotish vaqti yonginga chidamlilik chegarasi 
deyiladi. 
Barcha bino va inshootlar yonginga chidamliligi bo’yicha 5 
darajaga bo’linadi: 


234 
I daraja yonginga chidamlilikdagi binolarga barcha konstruksiyalari 
yonmaydigan, yuqori yonginga chidamlilik chegarasiga (0,5-2,5 soat) ega 
bo’lgan binolar kiradi; 
II 
daraja 
yonginga 
chidamlilikdagi 
binolarga 
konstruktiv 
elementlari yonmaydigan, yuqori chidamlilik chegarasiga (0,25-2,0 soat) 
ega binolar kiradi. 
III 
daraja 
yonginga 
chidamlilikdagi 
bino 
va 
inshootlar 
yonmaydigan va qiyin yonuvchi materiallardan tayyorlanadi; 
IV 
daraja 
yonginga 
chidamlilikdagi 
binolarga 
barcha 
konstruksiyalari qiyin yonuvchi materiallardan tashkil topgan binolar 
kiradi; 
V darajadagi binolarga esa barcha konstruksiyalari yonuvchi 
materiallardan tashkil topgan binolar kiradi. 
Talab etilgan yonginga chidamlilik darajasi bino va inshootlarning 
konstruksiyasi, vazifasi, necha qavatliligi, texnologik jarayonlarni 
yonginga xavfliligi va yonginni avtomatik o’chirish vositalarini 
mavjudligiga bog’liq holda belgilanadi. 
Yog’och 
va boshqa yonuvchi materiallarning yonginga 
chidamlilik darajasi bir necha yo’llar orqali oshirilishi mumkin, jumladan: 
1m
2
yuzadagi yog’och konstruksiyaga 75 kg quruq tuzning suvdagi 
aralashmasini maxsus idishlarda singdirish yoki 1 m
2
yog’ochga 50 kg 
quruq tuzni issiq-sovuq vannalarda singdirish orqali; yongindan 
himoyalovchi tuzlarning suvdagi aralashmasi bilan (100 gr quruq tuz 1 m
2
yuzaga) materiallarga yuza ishlov berish; yongindan himoyalovchi 
buyoqlar, suyuq shisha, tuproqli aralashma va boshqa shu kabilar bilan 
yuza ishlov berish; tuproqli garqons bilan suvash, garqons tolali plitalar 
o’rnatish, asbestosement materiallar qoplash. Koridorlar, yo’laklar, zinalar 
va II hamda IV yonginga chidamlililik darajasidagi yordamchi binolar 
sirtiga yongindan himoyalovchi qoplamalar bilan ishlov berish 
takiqlanadi. Yongindan himoyalovchi qoplamalar atmosferaga chidamli
namlikga chidamli va nam bo’lmagan muhitga chidamli bo’lishi mumkin. 
Atmosferaga chidamli qoplamalarga perxlorvinil buyoqlar PXVO, ISX, 
XL; namlikga chidamli qoplamalarga XD-SJ markali buyoqlar; nam emas 
muhitga chidamli qoplamalarga XL-K tarqonidagi, SK-L markali silikat 
buyoqlar, superfosfat va sho’rtuproqli surkamalar kiradi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling