Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

28-jadval 
Davlatlar 
MDH 
G’arbiy 
Yevropa 
Sharqiy 
Yevrop

Jami 
Baxtsiz 
hodisadan 

11 
1.5 
13.6 

0.5 
6.25 

0.8 
6.6 
Xavfsizlik - bu faoliyatning holati bo'lib, ma'luni ehtimollikda 
xavflarning kelib chiqishini bartaraf qilishdir. 
Xavfsizlik - bu insonlar oldiga qo'yilgan maqsaddir. HFX esa 
maqsadga erishishning - vosita, yo'l va usullaridir. 
“Hayot faoliyati xavfsizligi” ilmiy fan bo’lib, xavflar va ulardan 
himoyalanishni 
o'rganadi. 
Uni 
o'rgamshning 
predmeti 
faoliyat 
(mehnat)ning bir tomonidir, aynan, xavflar va ulardan himoyalanish- 
maqsadning ikkinchi tarafidir. 
«Hayot faoliyati xavfsizligining asoslari» ning maqsadi- ishlab 
chiqarishda va favqulodda holatlarda xavfsizlikni ta'minlash va yaxshi ish 
sharoitlarini yaratish uchun insonlarni nazariy iva amaliy jihatidan 
tayyorlash hamda ekstremal vaziyatlarda qanday harakat qilish va 
o'rgatishdan iboratdir. 


408 
Shuning bilan birgalikda «Hayot faoliyati xavfsizligining 
asoslari» bir-biri bilan o'zaro bog’liq bo'lgan uchta asosiy vazifani 
yechadi:
- xavflarni identifikatsiyalash, ya'ni xavflarning sonli tavsifi va 
kelib chiqish nuqtalarini ko'rsatgan holda ularning qiyofasini bilish; 
- foyda va xarajatni taqqoslash asosida xavflardan himoyalanish; 
-mumkin 
bo’lgan salbiy xavflarni (qolgan xavf-xatar 
konsepsiyasidan kelib chiqqan holda) bartaraf qilish. kishilik jamiyatini 
rivqjlanish tarixining eng dastlabki bosqichlarida faoliyat sharoitlariga 
e'tibor qaratilgan, shu jumladan inson sog’lig’ini saqlash masalalari
ham ko’rilgan.
Xavfsizlik haqidagi rivojlanishga ayrim misollar keltirsak: Aristotel 
(bizning eramizdan 384-322), Gippokrat (b.e. 460-377) va boshqa 
olimlarning asarlarida mehnat sharoiti masalalari o’rganilgan. Tiklanish 
davrining buyuk tabibi Parauels (1493-1541) o’zining asarlarida tog’ 
ishlari bilan bog’liq bo'lgan xavflarni o'rganadi. Nemis vrachi va 
metallurgi Agrikola (1494-1555) o'zining “Tog’ ishlari” asarida mehnat 
muhofazasi masalalarini bayon qilgan. Italyan vrachi Ramassini (1633-
1714) kasbiy gigiyena faniga asos solib, "Kulollar kasalliklari" kitobini 
yozdi. Rus olimi Lomonosov M.V. (1711-1765) tog’ ishida mehnat 
xavfsizligi bo’yicha asos soluvchi asarini yozadi, akademik Ligachev 
V.A.ning asarlari texnosferaning xavfsiz rivojlanish muammolariga 
bag’ishlangandir. 
«Hayot faoliyati xavfsizligining asoslari» ilmiy fan sifatida o’zining 
nazariyasi, metodologiyasi va metodlariga ega va bir vaqtning o’zida 
quyidagi: muhandislik psixologiyasi, odam flziologiyasi, mehnat 
muhofazasi, ekologiya, ergonomika va boshqa fanlarning yutuqlariga 
suyanadi, «Hayot faoliyati xavfsizligining asoslari» metodologik 
bazasining tizimli tahlildir. 
Faoliyat xavfsizligi qadim zamonlardan to hozirgi kunimizga qadar 
insoniyatni ilmiy va amaliy qiziqishlarining eng muhim bir tomonidir. 
Odamzot har doim o'zining xavfsizligini ta’minlashga intiladi. Ishlab 
chiqarishning rivojlanishi bilan bu masalalar maxsus bilimlarni talab 
qiladi. Bizning davrimizda xavfsizlik muammolari yanada keskinlashdi. 
Mamlakat va jamiyat baxtsiz hodisalar, yong’inlar, avariyalar va 
talofatlardan ulkan zarar ko’rib kelmoqda. 
Shuning uchun xavflardan himoyalanish masalalarida odamlarni 
tarbiyalash muhim ahamiyat kashf etadi. Bizning jamiyatimizni
barqarorlashtirishda bu fan muhim ijtimoiy rol o’ynaydi va xalq xo’jaligi 


409 
faoliyatining xavfsizligi darajasini oshirishga ulkan hissa qo’shadi.

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling