terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkaziladigan zona - joyning
yoki akvatoriyaning alohida uchastkalari, havo bo`shlig’i, transport
vositalari, binolar, imoratlar, inshootlar, xonalar hamda terrorchilikka
qarshi operatsiya o`tkaziladigan doiradagi ularga tutash hududlar;
terrorchilik faoliyati - terrorchilik harakatini uyushtirish,
rejalashtirish, tayyorlash va amalga oshirishdan, terrorchilik harakatiga
undashdan, terrorchilik tashkilotini tuzishdan, terrorchilarni yollash,
tayyorlash va qurollantirishdan, ularni moliyalashtirish va moddiy-
texnika jihatidan ta`minlashdan iborat bo`lgan faoliyat;
terrorchilik harakati - garovda ushlab turish uchun shaxslarni
qo`lga olish yoki ushlab turish, davlat yoki jamoat arbobining, aholining
milliy, etnik, diniy, boshqa guruhlari, chet el davlatlari va xalqaro
tashkilotlar vakillarining hayotiga tajovuz qilish, davlat yoki jamoat
ahamiyatiga molik ob`ektlarni bosib olish, shikastlantirish, yo`q qilish,
portlatishlar, o`t qo`yishlar, portlatish qurilmalarini, radioaktiv, biologik,
portlovchi, kimyoviy, boshqa zaqarlovchi moddalarni ishlatish yoki
ishlatish bilan qo`rqitish, er usti, suv va havo transporti vositalarini qo`lga
olish, olib qochish, shikastlantirish, yo`q qilish, aholi gavjum joylarda va
ommaviy tadbirlar o`tkazilayotganda vahima ko`tarish va tartibsizliklar
keltirib chiqarish, aholi hayotiga, sog’lig’iga, jismoniy yoki yuridik
shaxslar mol-mulkiga avariyalar, texnogen xususiyatli halokatlar sodir
etish yo`li bilan zarar etkazish yoki xavf tug’dirish, taqdidni qar qanday
vositalar va usullar bilan yoyish tarzida terrorchilik tusidagi jinoyatlarni,
O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va xalqaro huquqning umum
e`tirof etilgan normalarida belgilangan terrorchilik tusidagi boshqa
harakatlarni sodir etish;
xalqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga
chiqadigan terrorizm.
Do'stlaringiz bilan baham: |