Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
Milliy
xavfsizlik xizmatining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati: terrorchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo`yish yo`li bilan terrorizmga, shu jumladan xalqaro terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi; terrorchilar, terrorchilik guruhlari va terrorchilik tashkilotlari faoliyati to`g’risidagi axborotlarni to`playdi hamda tahlil qiladi, ulardan kelib chihayotgan taqdidning milliy xavfsizlikka qay darajada xavfli ekanligini baholaydi, tegishli vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralarga zarur axborotlar taqdim etadi; terrorchilarning O`zbekiston Respublikasi hududiga kirishidan 578 Davlat chegarasining himoya qilinishi va qo`riqlanishini ta`minlaydi; O`zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali qurol, o`q-dorilar, portlovchi, radioaktiv, biologik, shuningdek kimyoviy yoki boshqa zaharlovchi moddalarning, terrorchilik harakatini sodir etish maqsadida ishlatilishi mumkin bo`lgan predmet yoki materiallarning noqonuniy olib o`tilishi oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo`yish choralarini ko`radi; chegara oldi mintaqasida va chegara oldi zonasida terrorchilarni, terrorchilik guruhlarini aniqlaydi, zararsizlantiradi, qarshilik ko`rsatilgan taqdirda esa ularni yo`q qilish choralarini ko`radi; O`zbekiston Respublikasining alohida muhim va kategoriyalangan ob`ektlarini, shuningdek O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan davlat muassasalarini, ushbu muassasalarning xodimlari hamda ularning oila a`zolarini himoya qilishni ta`minlaydi; O`zbekiston Respublikasi Prezidentining, shuningdek chet el davlatlari, hukumatlari boshliqlari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari O`zbekiston Respublikasi hududida bo`lgan davrda mazkur davlat (hukumat) boshliqari va xalqaro tashkilot rahbarlarining xavfsizligi hamda qo`riqlanishini ta`minlaydi; xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida chet el davlatlarining tegishli organlari ва xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi; terrorchilikka qarshi kurashuvchi bo`linmalarning terrorchilarni, terrorchilik guruhlarini aniqlash, zararsizlantirish va yo`q qilish hamda terrorchilik tashkilotlarini tugatish ishlari tashkil etilishinи ta`minlaydi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling