579
12-modda.O`zbekiston
Respublikasi
Davlat
bojxona
qo`mitasining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi:
O`zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o`tkazish
punktlarida
giyohvandlik vositalari, psixotrop va portlovchi moddalar,
portlatish qurilmalari,
qurol-yaroqlar, qurollar va o’q-dorilar, yadroviy,
biologik, kimyoviy yoki boshqa turdagi yalpi qirg;in qurollari, terrorchilik
harakatlarida ishlatilishи mumkin bo`lgan materiallar va asbob-
uskunalarni noqonuniy olib o`tishga
urinishlarning oldini olish, aniqlash
va ularga chek qo`yish choralarini ko`radi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
13-modda.O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining
terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
O`zbekiston Respublikasining havo bo`shlig’i xavfsizligini,
mamlakat ma`muriy, sanoat-iqtisodiy markazlari va hududlari,
muhim
harbiy va boshqa ob`ektlarning havodan beriladigan zarbadan himoya
qilinishi va qo`riqlanishini ta`minlaydi;
o`z tasarrufidagi harbiy ob`ektlarning qo`riqlanishi va mudofaa
qilinishini
amalga oshiradi;
terrorchilikka qarshi operatsiyalarda ishtirok etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: