Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


V.I.Shovqin haqida tushuncha


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

V.I.Shovqin haqida tushuncha 
Odam uchun yoqimsiz har qanday tovushlar shovqi deb ataladi. 
Jismlarning bir-biriga urilishi, ishqalanishi va muvozanat holatining 
buzilishi natijasida hosil bo'lgan havoning elastik tebranishi harakati 
qattiq, suyuq ya gazsimon muhitda to'lqin hosil qilib tarqaladi. Bunda 
muhit zarralari muvozanat holatiga nisbatan tebranish hosil qiladi va bu 
tebranish tezligi to'Iqinlar tarqalish tezligidan ancha kichkina bo'ladi. 
Gazsimon muhitda shovqin tezligi quyidagicha ahiqlanadi: 
bunda, 

-gaz adiabati ko'rsatgichi (havo uchun 

=1.4); 

st
- gazning bosimi; p — gazning zichligi. 
Normal atmosfera sharoitida (T = 293 °K va Pst = 1034 GPa) tovush 
tezligi C havoda 344 m/s ga teng. 
Tovush to'lqinlari ma'lum chegaragacha tarqalishi mumkin. Mana 
shu chegara oraliq tovush maydoni deb ataladi. Tovush maydonidagi har 
bir nuqtada havo zarralarining harakat tezligi vaqt birligida o'zgarib turadi. 
Bir lahzada kuzatilgan havo to'liq bosimining ta'sir kuchidan xoli bo'lgan 


85 
havoning o'rtacha bosimiga nisbati tovush bosimi deb ataladi va R bilan 
belgilanada. Tovush bosimining o'lchov birligi Pa. 
Odam qulog'iga tovush bosimining o'rta kvadrat miqdori ta'sir 
qiladi.
P
2
= 1/T
0

To
o
P
2
(t)dt 
Chiziqlo'rtacha Vaqt bo'yicha odam qulog'iga T
0
30- 100 ms 
davomida paydo bo'ladigan bosimni bildiradi. 
Tovush 
bosimining 
tebranish 
tezligiga 
nisbati 
tebranish 
amplitudasiga bog'liq emas. U P/V=pc (Pa-s/m) ga teng. Bunda: p — 
muhitning solishtirma akustik qarshiligi. Bu qarshilik havo uchun 410 Pa 
s/m, suv uchun 1,5-106 va po'lat uchun 4,8-107 Pa s/m ga teng/
Shovqin to'lqinlari tarqalganda ma'lum miqdordagi eneigiya bir 
nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko'chiriladi. To'lqin tarqalayotgan normal 
yo’nalishning keltirilgan yuza birligiga vaqt birligida muhitning qandaydir 
nuqtasidagi o'rtacha energiya oqimi tovushning shu nuqtadagi intensivligi 
deb ataladi va I bilan belgilanib, Vt/m2 bilan o'lchanadi. 
I=P
2
/pc 
Tovushga qarshi kurash chora-tadbirlarini belgilashda keng 
qo'llaniladigan tovush intensivligi va tovush bosimi birliklari juda katta 
chegaralarda o'zgarib turadi (masalan, intensivlik 1016 marta, bosim esa 
108 marta). Odam qulog'i tovushning mutlaq o'zgarishini emas, nisbiy 
o'zgarishini farqlaydi. 
Shuning uchun tovush birliklarini aniqlash uchun tovush intensivligi 
va bosimning darajasi birligi kiritilgan. Bu birlik odam qulog'i eshitishi 
mumkin bo'lgan eng minimal tovush intensivligi va bosimiga asoslanib, 
bu birliklar I=10
-14
Vt/m
2
va R=2-10
-5
Pa ni tashkil qiladi. Bundan, agar I / 
Io=0 bo'lsa, bu miqdor bir (Bel) B deb qabul qilingan.
0
I
I
=10

2Б,
0
I
I
=100

3Bvah.k
Odam qulog'i B birlikdagi tovushning o'ndari birini ham 
yaxshi farqlaydi. Shuning uchun sanoat korxonalarida shovqinni 
o'lchashning dB birligi qabul qilingan. 
Tovush darajasi quyidagicha aniqlanadi. 
L=10lg
0
I
I
,dB
Tovush bosimi bo'yicha esa
L=lg P2/P
0
=20 Ig P/P
0
, dB 


86 
Tovush darajasini intensivligi bo'yicha aniqlash, asosan, akustik 
hisoblash ishlarida qo'llaniladi, bosim bo'yicha aniqlash esa shovqinni 
o'lchash va uning inson organizmiga ta'siri darajasini belgilaganda
qo'llaniladi. Chunki inson organizmi shovqinning intensivligini emas, 
bosimning o'rta geometrik miqdorini sezadi. 
Agar biron nuqtaga bir nechamanbaning shovqini ta'sir qilayotgan
bo'lsa, ularning darajasi emas, balki intensivligi qo'shiladi.
I=I1+I2+…+In 
Ularning darajalarini aniqlashda esa ayrim intensivliklarningj 
minimal eshitilish miqdoriga nisbati olinadi: 
10 lg
0
I
I
=10lg(
0
1
I
I
+
0
2
I
I
+…+
0
I
I
n
), yoki 
L=10lg(10L/10+10L/10+…+10L/10) 
Bu ko’lrilgan ifodalarninig amaliy ahamiyati sanoat korxonalarida 
shovqinni kamaytirish vaqtida yaxshi bilinadi. Chunki agar korxonada 
o'rnatilgan bir necha shovqin manbayi bo'lgan taqdirda, ularning bir 
nechasining shovqini kamaytirilsa, u umumiy shovqin darajasiga hech 
qanday o'zgarish kiritilmasligi mumkin. Ammo ish joylarida bar xil 
shovqin chiqaruvchi mexanizmlar bo'lsa, unda birinchi navbatda eng 
kuchli shovqin chiqaruvchi sistemani kamaytirishdan boshlash maqsadga 
muvofiqdir. 
Agar biror sanoat korxonasida bir xil darajada shovqin chiqaruvchi 
bir necha mexanizm o'rnatilgan bo'lsa, unda umumiy shovqin darajasi 
quyidagicha aniqlanadi: 
L=L
i
+10 Ign 
L
1
—bitta mashina chiqaryotgan shovqin. 
Bu formuladan ko'rinib turibdiki, ikkita bir xil shovqin chiqaruvchi manbaning shovqini bittasinikiga nisbatan 3 dB ortiq bo'ladi. 
Odam qulog'i ma'lum chastotadagi tovushlami eshitish qobiliyatiga 
ega. Bu chastotalar 16 Gs dan 20000 Gs gacha bo'lgan diapazonni tashkil 
qiladi, 16 Gs dan kichik va 20000 Gs dan katta bo'lgan chastotadagi 
tovushlami odam qulog'i eshitmaydi va u tovushlar infra va ultra tovushlar 
deb ataladi. 
Tovushga qarshi kurash chora-tadbirlarini belgilashda 


87 
shovqinning o'rta geometrik chastota oraliqlari belgilangan. Bu oraliqlar 
quyidagicha belgilanadi. 
O'rta geometrik chastota oraliqlari: 63 (45-90) (qavsda shu 
chastotani ifodalaydigan chegara miqdorlar berilgan), 125 (90-180), 250 
(180-355), 500 (355-710), 1000 (710-1400), 2000 (1400-2800), 4000 
(2800-5600), 8000 (5600-11200).
Shovqinlar GOST 12.1.003-76 ga asosan spektral va vaqt bo’yicha 
tavsiflariga asosan sinflarga bo’inadi 
19-rasm. Tovush chegarasini belgilovchi chiziqlar. 
Spektr bo'yicha shovqinlar tonal tovushlar (elektr arraning tovushi) 
va keng polosali (reaktiv dvigatel tovushi) bo'lishi mumkin. Vaqt bo'yicha 
tavsifiga esa uning, doimiyligi (8 soat davomida 5 dBA gacha o'zgarsa) va 
o'zgaruvchanligi (8 soat davomida 5 dBA dan ortiq o'zgarca) hisobga 
olinadi. O'zgaruvchan shovqinlar o'z navbatida vaqt birligida uzluksiz 
(impuls) bo'lishi mumkin.

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling