Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
V.5. Shovqin to 'suvchi qopqoq, ekran va kabinalar
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
V.5. Shovqin to 'suvchi qopqoq, ekran va kabinalar Kuchli shovqin chiqaradigan mashina va mexanizmlar qopqoq vositalari bilan ta'minlanib, shovqin kamaytiriladi. Qopqoqlar asosan yog'ochdan, metalldan va plastniassadan tayyorlanishi mumkin. Qopqoqlarning ichki devorlari albatta shovqin yutuvchi vositalar bilan ta'minlanadi. Qopqoqning tashqi devoriariga vibrodempfiriash vositalari yordamida ishlov beriladi. Qopqoq shovqin tarqatuvchi mexanizmni butunlay berkitishl shart. Agar shovqin chiqaruvchi mashina yoki mexanizm issiqlik chiqarib ishlaydigan bo'lsa, qopqoqlar shamollatish sistemalari bilan jihozlanadi. Shuning bilan birga bu shamollatish sistemalari shovqin so'ndhgichlar bilan ta'minlanadi. Qopqoqning samaradorligi quyidagi formula, bilan aniqlanadi (dB): L q =R C +10lga, bunda, R c -qopqoq devorining shovqin to'sishi (yuqorida keltirilgan formula bilan aniqlanadi). Ba'zi bir hollarda shovqin tarqatayotgan mashina yoki xanizmni qopqoq bilan berkitish iloji bo'lmay qoladi yoki shu mexanizm bajarayotgan jarayonni kuzatib turish ehtiyoji tug'iladi Bunday hollarda ishchi uchun maxsus kuzatish kabinalari tashkil qilinadi va bu kabina devorlari akustik I ishlov berish bilan kuzatuvchi ishchiga iloji boricha kam shovqin ta'sir ko'rsatadigan bo'lishi kerak. Ishchilarni yaqin joylarida joylashgan shovqin chiqaruvchi mexanizmdan muhofaza qilish uchun ekranlardan foydalaniladi. Bunday 100 ekranlar,ishchi ish joyi bilan shovqin chiqaruvchi mexanizm o'rtasiga o'rnatiladi. (21-rasm, a). Ekranlarning akustik samaradorligi shovqin sifatida ajralayotgan to'lqinlarni ish joylariga to'g'ridan-to'g'ri yetib borishi yo'lida to'siq vazifasini bajaradi. Bu usul bilan shovqinlarni butunlay so'ndirish imkoniyati bo'lmasada, birmuncha pasaytirish mumkin. Shovqinning ekram orqali o'tishi uning katta-kichikligiga va to'lqin uzunligi ga bog'liq. Tovush to'lqinlari qancha uzun bo'lsa, ekran orqasidagi tovush soyasi shuncha katta bo'ladi va bu bilan tovushning pasayishi ham nisbiy bo'lmaydi. Shuning uchun ham shovqin so'ndirish ekranlarini yuqori va o'rta chastotadagi shovqinlar uchun ko'proq qo'llaniladi. Past chastotadagi shovqinni ekran deyarli to'smaydi, chunki bunday shovqinlar ekranni osongina aylanib o'tadi. Shuningdek, ekran bilan shoyqin chiqaradigan mashina o'rtasidagi masofa ham katta ahamiyatga ega. Bu masofa qancha kichkina bo'lsa, shuncha samarador bo'ladi. Bu yerda yana bir muhim masala borki, buni albatta hisobga olish zarur. Bu shovqin, qaytish masalasidir. Agar ekran berk xonada qo'yilgan bo'lsa, qaytgan shovqin ekranni osongina aylanib o'tadi. Shuning uchun ham ekran ochiq yerlarda va devorlari shovqin yutuvchi vositalar bilan ta'minlagan joylarda yaxshi samara beradi. Ekran samaradorligini oshirish maqsadida uning murakkab tuzilishlaridan foydalaniladi (21-rasm, b,d) va ular shovqin yutuvchi materiallar bilan qoplanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling