Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Nizom xavfsizlik chora-tadbirlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta`minlash, xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyalarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha tadbirlarning etarliligi va samaradorligini baholash maqsadida xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish tartibini belgilaydi. 2. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish quyidagilarni nazarda tutadi: avariya xavfini va uning bilan bog’liq xavf-xatarni har tomonlama baholash; 668 avariyalarning oldini olish, sanoat xavfsizligi talablariga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektining foydalanishga tayyorligini ta`minlash bo`yicha ko`rilgan chora-tadbirlarning etarliligini tahlil qilish, shuningdek xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyalarni lokalizatsiya qilish va ularning oqibatlarini bartaraf etish; xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyalar oqibatlari ko`lamini va sodir bo`lgan taqdirda etkazilgan zarar miqdorini kamaytirishga yo`naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish. Deklaratsiya xavfli ishlab chiqarish obyekti xavfsizligini uni ishga tushirish, undan foydalanish va uni foydalanishdan chiqarish bosqichlarida tavsiflashi kerak. 3. Ushbu Nizomda qo`llanadigan terminlar va tushunchalar: avariya - inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo`llanadigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib bo`lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishi; xavf tahlili - xavflarni aniqlash (identifikatsiyalash) va baholash jarayoni; xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi - avariya xavfini har tomonlama baholash natijalari, avariyalarning oldini olish va sanoat xavfsizligi me`yorlari va qoidalari talablariga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektining foydalanishga tayyorligi tashkil etilishini ta`minlash bo`yicha ko`rilgan chora- tadbirlarning etarliligi tahlili, shuningdek xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya oqibatlarini lokalizatsiya qilish va bartaraf etish natijalari ko`rsatilgan hujjat; xavfli modda - o`zining fizik, kimyoviy, biologik yoki toksikologik xossalariga ko`ra odamlar hayoti va salomatligi uchun, shuningdek atrof tabiiy muhit uchun xavf tug’diradigan modda; Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling