Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Namlash vositalarining fizik xususiyati yonuvchi materiallarni 
namlanish, xo’llanish xususiyatini oshirishga asoslangan. Ularga sovun, 
sintetik aralashmalar, amilsulfat alkilsulfonat va boshqa aralashmalar 
kiradi. Bu aralashmalar yongin muhitida og’ir bug’ va gaz hosil qilib, 
yonish zonasiga kislorod kirishini to’xtatadi, haroratni susaytiradi va 
yonginni o’chiradi. 
Ko’piklar kam issiqlik o’tkazuvchanlik, yetarli darajada 
qo’zg’aluvchanlik, issiqlikni qaytarish samarasi katta, tutun zichligini 
kamaytirish xususiyatiga va kam mexanik mustahkamlikga ega bo’lgan o’t 
o’chiruvchi moddalar hisoblanadi. Ular tayyorlanish usuliga ko’ra 
ximiyaviy, havo-mexanik va yuqori karrali ko’piklarga bo’linadi. 
Ximiyaviy ko’piklar alohida saqlanuvchi aralashmalar (ishqorli 
va kislotali)ni yongin zonasiga uzatish yoki ko’pik hosil qiluvchi kukunlar 


236 
aralashtirish orqali PG-50, PG-100 ko’pik generatorlari yordamida hosil 
qilinadi. Ko’pik kukunlari – oltingugurt ammoniy va natriy bikorbonat 
aralashmasi bo’lib, 1 kg kukun va 10 litr suvdan 40-60 litr ko’pik olish 
imkonini beradi. Neft mahsulotlari yonginlarini PO-1, PGP kukunlari, 
spirt va atseton yonginlarini GGPS kukuniga 2% sovun aralashtirilib 
tayyorlangan ko’piklar yordamida o’chirish mumkin. Havo-mexanik 
ko’piklar havo-ko’pik stvollari yordamida suv, injekterlangan havo va 
ko’pik hosil qiluvchilar asosida olinadi. 
Suvning bosimi va ko’pik hosil qiluvchilar xususiyatiga ko’ra 
ko’piklar o’rta va yuqori karrali bo’lishi mumkin. Ko’pik karraligi 
deganda hosil bo’lgan ko’pik hajmini, uni hosil qilishga sarflangan barcha 
suyuqlik miqdoriga nisbati tushuniladi. 5 dan 100 karralikgacha ega 
ko’piklar kam va o’rta; 100 dan katta karralikga ega ko’piklar yuqori 
karrali ko’piklar deyiladi. 
Inert gazlar (azot, argon, geliy, tutun va chiqindi gazlar) asosan 
yongindan saqlanish maqsadida neft mahsulotlari sig’imlarini 
payvandlashdan oldin to’ldirib ishlov berishda ishlatiladi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling