Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Mexanik vositalar (brezent, voylok, qum, tuproq va b.) 
yonginni boshlanish davrida, ya’ni uchqunlanish fazasida uchirish 
maqsadida foydalaniladi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


237 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
XIII bob. SANOATDA XAVFSIZLIK VOSITALARI 
 
Hozirgi zamon mashinasozlik sanoati korxonalari sexlarida turli-
tuman mashina-mexanizmlar, stanoklar, ko'tarish kranlari, ish bajarish 
konveyerlari va boshqa qurilmalar mavjudki, bularning hammasi bu yerda 
ishlayotganlar uchun ma'lum xavf tug'dirishi, agar ehtiyot chora-
tadbirlarini belgilab qo'yilmasa, baxtsiz hodisalar sodir bo'lishi hech gap 
emas. Bu mexanizmlarning ba'zi birlari detallarni qirqish, ulaiga shakl 
berish ishlarini bajarsa, boshqalari ish sharoitini yaxshilash, og'ir ishlarni 
yengillashtirish vazifalarini bajaradi. 
Ish bajarish sharoitlari ham bir xil emas, masalan, metallarni 
qirqishda ishlatiladigan stanoklarni ishlatganda sovituvchi suyuqliklardan 
foydalaniladi, ularning kesish issiqligi ta'sirida bug'lanishi havo muhitini 
ifloslanishiga, shuningdek, havo namligini oshib ketishiga olib keladi. 
Demak, sexda ishlayotgan har bir stanok baxtsiz hodisalarga olib 
kelishidan tashqari yana havo muhitini ifloslantiruvchi vosita sifatida 
qaralishini taqozo etadi. Bundan tashqari detallarga ishlov berilgandan 
keyin hosil bo'ladigan qirindilar va ularni yig'ib, chiqindisiz jarayonni 
tashkil qilish ishlari, bularning hammasi ish sharoitini yaxshilashning 


238 
asosiy omillari hisoblanadi. 
Yuqorida keltirilgan misollardan ko'rinib turibdiki, mashinasozlik 
sanoati korxonalari ishchilarni baxtsiz hodisalarga olib keladigan 
manbagina bo’lib qolmasdan, balki havo muhitini ifloslantirib, tevarak-
atrofda yashovchilar uchun ham ma'lum xavf tug'diradi. 
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ish sharoitini yaxshilash 
va baxtsiz hodisalarni kamaytirishning birdan-bir yo'li sanoat korxonalari 
sexlarini iloji boricha mexanizatsiyalashtirish, og'ir ishlarni robot va 
avtomatlashtirilgan vositalar zimmasiga yuklash, sexlardagi umumiy 
ishlarni avtomatlashtirishga erishishdir. 
Mexanizatsiyalashtirish hozirgi vaqtda amalga oshirish mumkin 
bo'lgan jarayon bo'lib, birinchidan ishchilarni og'ir jismoniy mehnatdan 
qutqaradi, bu esa o'z navbatida ish joylaridagi ishchilar sonini qisqartirish 
va baxtsiz hodisalarni kamaytirish imkoniyatini beradi. Hozirgi vaqtda 
boshlang'ich xomashyoni ishlatish uchun uzluksiz uzatish ishlarini 
mexanizatsiyalashtirish mehnatni muhofaza qilish nuqtayi nazaridan juda 
muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, eng ishchi uchun xavfli ish 
jarayonlarini, masalan, temirchilikda bolg'alash, presslash ishlari va 
boshqalarni mexanizatsiyalashtirish yaxshi natija beradi. Radioaktiv 
moddalar bilan bog'liq ish jarayonlarini robotlar bajarishini shart qilib 
qo'yish kerak. 
Zamonaviy texnologiyalarda ko'pgina ishchi uchun noqulay va 
zararli moddalar ajralish jarayoni kuchli bo'lgan ishlar, masalan, eritilgan 
metallarni har xil qoliplarga quyish, yengil va yuk avtomashinalari kuzov 
va kabinalarini elektr payvandlash ishlari, ularni moysizlantirib, bo'yashga 
tayyorlash ishlari, bo'yash va muhofaza qoplamalari bilan qoplash, 
detallarga issiqlik bilan ishlov berish, shtampovka, presslash va boshqa 
ishlami robotlar bajaradi. Bundan tashqari, og'ir yuklarni ortish va 
tushirish ishlari ham mexanizatsiyalashtirilgan. 
Avtomatlashtirilgan tizimlarning ancha katta tezlikda harakat qilishi, 
ularning ishlash maydoni kengligi va ish turlarining xilma-xilligi, ular 
ishining xavfli tomonlarini belgilaydi. Bunday tizimlarni tayyorlash va 
o'rnatish ishlarida xavfsizlikni ta'minlash, ularning tuzilishining asosini 
tashkil qiladi. Bundan tashqari, bu tizimlar ishlatilayotgan joylarga yaqin 
joylashgan uchastkalarda ishlayotganlar uchun ham ma'lum xavf 
tug'diradi. 
Avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratishda va ularni ishlatishda 
vujudga keladigan hamma xavfli vaziyatlarni hisobga olish va xavfsizlikni 
ta'minlash vositalari bilan jihozlashni unutmaslik kerak. 


239 
Mexanizatsiyalashning eng yuqori bosqichi avtomatlashtirishdir. 
Bunda har qanday ishchi bajarishi zarur bo'lgan ish robotlar zimmasiga 
yuklanadi. Sexda butunlay odam qatnashmaydigan bo'ladi. Sexni 
boshqarishni ta'minlovchi dasturlar tuzilib, bu dasturlar kompyuterlarga 
joylashtiriladi. Bunday boshqarish tizimlari ko'pgina rivojlangan 
kapitalistik davlatlarning sanoat korxonalari va mashinasozligining asosini 
tashkil qiladi. Ilg'or sanoat korxonalaridagi ba'zi bir sexlar bizda ham, 
shunday avtomatlashtirish tizimiga o'tkazilgan. Ammo hozirgi sharoitda 
butun mashinasozlik tarmog'ini avtomatlashtirish imkoniyati yo'q. 
Shuning 
uchun 
ham 
avtomatlashtirilmagan 
ishlab 
chiqarish 
jarayonlarining xavfsizligini ta'minlash muhim vazifa bo'lganligi uchun 
biz uning umumiy usullarini ko'rib chiqamiz. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling