Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Moddiy javobgarlik. Moddiy javobgarlik—bu ishchi va xiz-
matchining aybi bilan korxonaga keltirilgan moddiy zararni qoplashdir. 
Mehnatni muhofaza qilishning qoida va me'yorlarining ishchi va 
xizmatchi tomonidan buzilishi natijasida sanoat korxonasi moddiy zarar 
ko'rsa, ana shu zararning bir qismi yoki hammasi aybdor shaxs tomonidan 
to'lanishi moddiy javobgarlik chorasiga kiradi. 
Moddiy javobgarlik asosan ikki xil tartibda: chegaralangan moddiy 
javobgarlik va to'liq moddiy javobgarlik tartibida belgilan-ishi mumkin. 
Chegaralangan moddiy javobgarlikka ishchi yoki xizmatchidan sanoat 
korxonasiga yetkazilgan zararni ma'muriyat tartibida buyruqqa asosan 
oyligidan undirib olinadi. Lekin bunda, avvalo aybdor shaxsning roziligi 
bo'lishi shart, ikkinchidan, undirib olinadigan miqdor umuman ishchining 
yoki xizmatchining o'rtacha oyligidan oshib ketmasligi va har oyda 
undiriladigan pul miqdori esa ishchi yoki xizmatchining oladigan 
oyligining uchdan bir qismidan oshmasligi kerak. 
To'liq moddiy javobgarlik jinoyat sodir bo'lgan taqdirda va aybdor 
jinoiy ish qilgan bo'lsa, uni jinoiy javobgarlikka tortish bilan bir qatorda, 
sanoat korxonasiga keltirilgan moddiy zararni ham to’liq qoplashga 
majbur qilinadi. Bunday javobgarlik qarorlarini tuman yoki shahar sud 


270 
organlari (ma'muriyatning talabiga asosan) chiqaradi. Bu holda 
ma'muriyat tomonidan aybdorning haqiqatan ham aybdor ekanligini 
tasdiqlovchi hujjatlar ko'rsatilishi kerak. 
XIV. 7. Yo'riqnomalar o'txazish va ishchilami xavfsiz ishlash 
usullariga o'rgatish 
 
Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va sanoat korxonalarida 
kasb kasalliklari va jarohatlanishga olib keladigan omillarni butunlay 
yo'qotish sanoat korxonalari rahbarlari oldiga qo'yilgan asosiy vazifa 
hisoblanadi. 
Hozirgi zamon fan va texnikasining o'sishi, yangidan-yangi 
texnologiya va mashina-mexanizmlarning joroy etilishi, ishlab chiqarishda 
ishlayotgan har bir xodimning yuqori malakali, texnika qonunlarini 
tushunadigan va unga amal qiladigan bo'lishlarini taqozo qiladi. Hozirgi 
vaqtda ishchilar xavfsizligini ta'minlash borasida qanchadan-qancha 
tavsiyanomalar, qoida va me'yorlar ishlab chiqilgan bo'lishiga 
qaramasdan, sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalarning butunlay yo'qolib 
ketishini ta'minlovchi sharoit mavjud emas. 
Bundan tashqari sanoat korxonalarining xilma-xilligi, hattoki 
ma'lum bir korxonada ish sharoiti bir-biriga o'xshash ikkita sexni topish 
amri mahol ekanligi, umumiy sanoat korxonalari xavfsizligini 
ta'minlovchi, tartibga solingan qoida ishlab chiqarish mumkin emas, 
Shuning uchun ham har bir sanoat korxonasi o'zi uchun mehnatni 
muhofaza qilish va mehnat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan 
yo'riqnomalar tizimini tashkil qilingan va bu tizimlar ishchilarning 
xavfsizligini ta'minlovchi ish usullarini o'rgatish bilan ishchining mehnat 
xavfsizligini saqlash chora-tadbirlarini ham o'z ichiga oladi. 
Yo'riqnomalar 
asosan, 
to'rt 
guruhga 
bo'linadi: 
1) 
kirish 
yo'riqnomasi; 2) ish joyidagi yo'riqnoma; 3) vaqti-vaqti bilan 
o'tkaziladigan yo'riqnoma; 4) rejadan tashqari yo'riqnoma. 
Sanoat korxonalarining hammasida ish toifasi va xavflilik darajasi 
qanday bo'lishiga qaramay, barcha ishchi va xizmatchilar ishlash davri, 
mutaxassisligi va malakasidan qat'i nazar, yo'riqnomadan o'tishlari shart. 
Kirish yo'riqnomasi. Ishga yangi kirayotganlar uchun o'tkaziladi. Bu 
yo'riqnomaning asosiy maqsadi ishga kirayotgan kishiga mehnatni 


271 
muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va sanoat sani-tariyasi to'g'risida 
ma'lumot berish, uni sanoat korxonasi may-donlari va sexlaridagi tartib-
qoidalardan xabardor qilishdir. Kirish yo'riqnomasi yaxshi jihozlangan va 
ko'rgazmali qurollar o'rnatilgan mehnatni muhofaza qilish kabinetida, 
xavfsizlik texnikasi muhandisi tomonidan o'tkaziladi. 
Kirish yo'riqnomasi vaqtida ishga kirayotgan ishchi quyidagi 
holatlar bilan tanishtirilishi shart: O'zbekiston Respublikasida mehnatni 
muhofaza qilish qonuniyatlari asoslari, sanoat korxona-sida yo'lga 
qo'yilgan ichki tartib qoidalari, sanoat korxonaii may-donida va sexlarida 
o'zini tutish qoidalari, sanoat korxonasidagi xavfsizlik texnikasining 
umumiy talablari, ish joyini tashkil qilish, ishchiga topshirilgan mashina 
va mexanizmlarni saranjom va ozoda saqlash qoidalari, maxsus ish 
sharoiti tashkil etilgan ayrim sex va bo'limlar bilan tanishtirish, baxtsiz 
hodisalarni oldini olish qoidalarini tushuntirish, bunda asosiy diqqat-
e'tiborni har xil erituvchilar, kislotalar, yengil alangalanuvchi suyuqliklar, 
siqilgan havo, elektr toki xavfi mavjud bo'lgan sexlarga qaratish kerak. 
Mehnatni muxhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va sanoat 
sanitariyasi qoida, me'yor va yo'riqnomalarining buzilishi natijasida 
vujudga kelgan baxtsiz hodisalar haqida ma'lumotlar berilishi kerak. 
Baxtsiz hodisa ro'y beiganda o'zini qanday tutish haqida tushuncha 
beriladi, alkogolli ichirnliklar baxtsiz hodisaga olib kelishi haqida aytib 
o'tilishi shart. Maxsus kiyim bosh, maxsus oyoq kiyimi va shaxsiy 
muhofaza vositalaridan foydalanish qoidalari, sanitar-gigiena sharoitlariga 
e'tibor berish, sanitariya maishiy xonalardan foydalanish tartibi, baxtsiz 
hodisaga uchragan kishiga tibbiyot xodimi kelgunda qadar yordam 
ko'rsatish usullari haqida ma'lumot beriladi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling